Kayumov Jamshid Sayfullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Atrof-muhitga kam ta’sir etuvchi yuqori oktan sonli yoqilg‘i kompozisiyalarini fizik-kimyoviy va ekspluatatsion xossalarini o‘rganish», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/K151.
Ilmiy rahbarlar: Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Nurullaev Shavkat Payzievich, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Mutalov Shuxrat Axmadjanovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.   
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: etanol-benzin va metanol–benzinli yoqilg‘idan foydalanish samaradorligini oshirish va benzinning ekologik va ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilaydigan, tarkibida kislorod va azot saqlovchi yuqori oktan sonli yoqilg‘i kompozisiyalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobillarda ishlatiladigan benzinlarning oktan sonini oshiruv-chi komponentlari orasida etil spirti eng yuqori darajadagi barqarorlik-ni ta’minlab berishi aniqlangan;
riformat-etanol aralashmalarining fazaviy barqarorligini dastlabki aralashmaning turli miqdoriy nisbatlarida aromatik uglevodorodlarning xiliga va konsentratsiyasiga bog‘liqligi isbotlangan;
neftni qayta ishlashda olinadigan fraksiyalar metilatsetat, etilendiatsetat, geksametilentetraamin, efir al`degidli fraksiyalar va boshqalarni birinchi marotaba antidetonatorlar vositasi sifatida ishlatilishi asoslangan;
tarkibida turli antidetonatorlar guruhlarini va qo‘shimchalarining ta’sirini ko‘rsatish tamoyillari asosida O‘zbekistondagi mahalliy kimyo sanoati ishlab chiqarish mahsulotlari asosida kislorod va azot saqlovchi yuqori samarador antidetonatsion qo‘shimchalarning tarkibi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Atrof-muhitga kam ta’sir etuvchi yuqori oktan sonli yoqilg‘i kompozisiyalarini fizik-kimyoviy va ekspluatatsion xossalarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori oktan sonli yoqilg‘i olish uchun tarkibida azot va kislorod saqlovchi turli organik birikmalarning kompozisiyasi «Chinoz NQIZ» MChJning «2021-2022 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 11 maydagi 28-1-11-01-231-son ma’lumotnomasi). Natijada, oktan sonini OChM bo‘yicha 8–10 birlikga, ya’ni 68 oktan sonidan 80 oktan sonigacha ko‘tarilish imkonini bergan;
alifatik spirtlar, oddiy va murakkab efirlar ishtirokida etanol va metanol benzinli yoqilg‘i aralashmalar olish texnologiyasi «Chinoz NQIZ» MChJning «2021-2022 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 11 maydagi 28-1-11-01-231-son ma’lumotnomasi). Natijada, motor yoqilg‘isini yonishida avtomobil ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan zaharli CO va NOx gazlarini miqdorini 2–5% (hajmiy)ga kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish