Norqulov Aliddin Nomoz o‘g‘lining
falsafa doktori dissertatsiyasi (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Jizzax viloyatining lalmi sharoitida no‘xat biotsenozidagi zararkunandalar sonini boshqarish usullari» 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx584
Ilmiy rahbar: Kimsanboev Xo‘jamurod Xamraqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Toreniyazov Elmurat Sherniyazovich – Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali direktori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor;
Mamatov Kamol Shavqievich – O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti direktori, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim;
Yetakchi tashkilot: – Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jizzax viloyatining lalmi maydonlarida no‘xat zararkunandalarining tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari, tarqalishi, tabiiy kushandalari, zararlilik darajasini aniqlash asosida ularni miqdorini boshqarish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jizzax viloyatining lalmi sharoitida no‘xat agobiotsenozida 1 ta sinf 5 ta turkumga oid 27 tur zararkunandalari aniqlangan;
lalmi no‘xat biotsenozida asosiy zararkunandalarning bioekologik xususiyatlari, populyasiyasining shakllanishi aniqlangan va iqtisodiy zararlilik miqdor mezoni ishlab chiqilgan;
no‘xat zararkunandalarining tabiiy entomofaglarini tur tarkibi va zararkunandalarga nisbatan biologik samaradorligi aniqlangan;
lalmi no‘xat ekinida zararkunandalar miqdorini boshqarishda agrotexnik tadbirlar va urug‘dorilagich vositalar hamda insektisidlarni qo‘llash muddati va me’yorlari tanlangan;
lalmi no‘xat biotsenozida za rarkunandalarga qarshi kimyoviy vositalarning biologik, xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Lalmi no‘xatning asosiy zararkunandalari va ularning miqdorini boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari asosida:
no‘xatning zararkunandalariga qarshi jumladan, ildiz kemiruvchi tunlamlar, tuganak uzunburunlar, qarsildoq qo‘ng‘izlar, qora qo‘ng‘izlarga qarshi no‘xat urug‘larini ekishdan oldin urug‘dorilagich preparatlar Dalucho 70% n.kuk. (5 kg/t) va Kruizer Ekstra 362 sus.k. (3 l/t) dorilab ekish 2018-2020 yillarda Jizzax viloyatining Forish, G‘allaorol tumanlaridagi 180 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 02/011-2176-son ma’lumotnomasi). Natijada xosildorlik 25-30% ga oshirilgan va iqtisodiy samaradorlik gektaridan qo‘shimcha
1,7-2,2 mln. so‘mni tashkil etgan;
Jizzax viloyatining Forish, G‘allaorol tumanlaridagi lalmi no‘xat ekilgan maydonlarda asosiy zararkunandalaridan kuzgi tunlam, qarsildoq qo‘ng‘izlar va qora qo‘ng‘izlarga qarshi Desis 10% em.k. (0,1 l/ga), Pligrim 24,7% sus.k. (0,3 l/ga), Desis 2,5% em.k. (0,7 l/ga), Endjeo 24,7% sus.k. (0,3 l/ga) preparatlari qo‘llanilganda 84,3-93,7% gacha biologik samaradorlikka erishilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 02/011-2176-son ma’lumotnomasi). Natijada himoya uchun sarflangan har 1 so‘m evaziga 7,6-4,6 so‘mlik maxsulot olishga erishilgan.