Bekbaev Xanpolat Arislanbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston sharoitida qorako‘l qo‘ylarining sut mahsuldorligini oshirishni takomillashtirish”, 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.RhD/Qx480.
Ilmiy rahbar: Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Aripov O‘ktam Xadjimuratovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Klichev Zafar Safarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qorako‘l qo‘ylarining sut mahsuldorligini oshirish borasida uslublar ishlab chiqish va sut mahsuldorligiga xos bo‘lgan muhim belgilari bo‘yicha hayvonlarni tanlash va saralashning samarali usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida qorako‘l qo‘ylarining sut mahsuldorligini oshirishning usullari va sutni qayta ishlashning iqtisodiy samarali texnologiyasi aniqlangan;
sutning kimyoviy tarkibi va qo‘y sutini qayta ishlash texnologiyasi aniqlangan;
sut mahsuldorligining tug‘im yoshiga, konstitusional tiplariga, yaylov tipiga, elin tuzilishiga bog‘liqligi aniqlangan;
boshlang‘ich seleksion materiallar asosida qorako‘l qo‘ylarining yoshi kesimida sut mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha usullar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy hududlari sharoitida har-xil rangdagi qorako‘l qo‘ylarining sut mahsuldorligini oshirishda qorako‘l qo‘ylarining biologik hamda mahsuldorlik xususiyatlarini o‘rganish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
turli rangdagi qorako‘l qo‘ylarining sut mahsuldorligini oshirishni takomillashtirish usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani qorako‘lchilikka ixtisoslashgan «Toba-xoja» fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 15 oktyabrdagi 02/018-2174 son, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 sentyabrdagi 31/32-son hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Qorako‘l» uyushmasining 2020 yil 30 sentyabrdagi 40 son ma’lumotnomasi). Natijada har bir qorako‘l qo‘yidan 45500-55000 so‘m foyda olingan, rentabellik darajasi ranglar kesimida mos ravishda 31,6; 28,4 va 26,1 foizni tashkil qilgan;
turli rangdagi qorako‘l qo‘ylarining sut mahsuldorligini oshirishni takomillashtirish usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani qorako‘lchilikka ixtisoslashgan «Edige fermer» fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 15 oktyabrdagi 02/018-2174-son, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 sentyabrdagi 31/32 son hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Qorako‘l» uyushmasining 2020 yil 30 sentyabrdagi 40 son ma’lumotnomasi). Natijada har bir qorako‘l qo‘yidan 45500-55000 so‘m foyda olingan, rentabellik darajasi ranglar kesimida 26,1-31,6 foizni tashkil etgan;
turli rangdagi qorako‘l qo‘ylarining sut mahsuldorligini oshirish yo‘llari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani qorako‘lchilikka ixtisoslashgan «Nurtilek-qoraozek» fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 15 oktyabrdagi 02/018-2174 son, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 sentyabrdagi 31/32-son hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Qorako‘l» uyushmasining 2020 yil 30 sentyabrdagi 40- son ma’lumotnomasi). Natijada har bir qorako‘l qo‘yidan 45500-55000 so‘m foyda olingan, rentabellik darajasi ranglar kesimida 26,1-31,6 foizni tashkil etgan.