Bafaev Muxiddin Muxammatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv jarayonida milliy bag‘rikenglikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik determinantlari”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3. PhD/P139.
Ilmiy rahbar: Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shoira Xamidovna, psixologiya fanlari doktori; Kudratullaeva Ruxsora Baxtiyorovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsda milliy bag‘rikenglikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik determinantlarini aniqlash, o‘rganish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsda milliy bag‘rikenglik namoyon bo‘lishi va rivojlanishining psixologik (“milliy xususiyatlar”, “xarakter”, “emotsional irodaviy soha”, “shaxs sifatlari”), ijtimoiy (guruhning “ijtimoiy maqomi”, o‘zaro birgalikda yashash, hamkorlikda faoliyat yuritishi, insonlar o‘rtasidagi muloqot darajasi) omillari aniqlangan;
shaxsda milliy bag‘rikenglik shakllanishining kompleks ijtimoiy psixologik determinantlari (“etnik identivlik”, “ustanovkalar”, “qadriyatlar”, “etnik o‘zini o‘zi baholash”, “etnik maqom”, “shaxslararo munosabatlardagi dominantlik”, “kommunikativ sifatlar”) tasdiqlangan;
shaxsda milliy bag‘rikenglikning namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki (yosh, jins, temperament), tashqi (“o‘zini o‘zi baholash”, “o‘z-o‘zini faollashtirish”, “ehtiyojlar ierarxiyasi”, “shaxs xulq-atvor tipi”, real va ideal “Men” obrazi) mexanizmlari aniqlangan;
shaxsda milliy bag‘rikenglik namoyon bo‘lishida asosiy komponentlarning aloqadorligi (“etnik tolerantlik”, “ijtimoiy tolerantlik”, “barkamollik”, “xayrixohlik” “an’anaviy madaniyat”, “zamonaviy madaniyat”, “dinamik madaniyat”) isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Globallashuv jarayonida milliy bag‘rikenglikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik determinantlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
shaxsda milliy bag‘rikenglik namoyon bo‘lishi va rivojlanishining psixologik (milliy xususiyatlar, xarakter, emotsional irodaviy soha, shaxs sifatlari), ijtimoiy (guruhning ijtimoiy maqomi, o‘zaro birgalikda yashash, hamkorlikda faoliyat yuritishi, insonlar o‘rtasidagi muloqot darajasi) omillar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 iyundagi 6-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Etnopsixologiya va din psixologiyasi” moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 iyundagi PM 6v-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarini shakllantirish hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
shaxsda milliy bag‘rikenglik shakllanishining kompleks ijtimoiy psixologik determinantlari (etnik identivlik, ustanovkalar, qadriyatlar, etnik o‘zini o‘zi baholash, etnik maqom, shaxslararo munosabatlardagi dominantlik, kommunikativ sifatlar) tasdiqlanganligi va empirik ma’lumotlar asosida aniqlash usullari Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 iyundagi 6-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ijtimoiy psixologiya” moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 iyundagi PM 6v-son ma’lumotnomasi). Natijada, har tomonlama etuk, barkamol avlodni tarbiyalashda kompleks ijtimoiy psixologik determinantlarning inobatga olinishi kabi ilmiy ma’lumotlar asosida ilmiy-metodik ta’minotning boyitilishiga erishilgan;
shaxsda milliy bag‘rikenglik namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki (yosh, jins, temperament), tashqi (o‘zini o‘zi baholash, o‘z-o‘zini faollashtirish, ehtiyojlar ierarxiyasi, shaxs xulq-atvor tipi, real va ideal “Men” obrazi) mexanizmlari aniqlanganligi bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 iyundagi 6-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 iyundagi PM 6v-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi psixolog kadrlarning shaxsda milliy bag‘rikenglikni shakllantirish uchun zarur ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorgarligi takomillashtirilgan;
shaxsda milliy bag‘rikenglikning asosiy komponentlari (etnik, ijtimoiy tolerantlik, barkamollik, an’anaviy, zamonaviy, dinamik madaniyat) empirik tahlillar bilan isbotlanganligi va shaxsda milliy bag‘rikenglikni shakllantirish psixotexnologiyalari Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 iyundagi 6-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ijtimoiy psixologik trening” moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 iyundagi PM 6v-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlarida milliy bag‘rikenglikni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha psixologik ishlar kuchaytirilgan.