Nasimdjanova Maxsuma Majidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxsda inkul`turatsiya jarayonining etnopsixologik xususiyatlari», 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/P159.
Ilmiy raxbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Sultanova Liliya Ziyautdinovna, psixologiya fanlar nomzodi, dotsent; Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsda inkul`turatsiya jarayonining etnopsixologik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba mahalliy muhitda inkul`turatsiya jarayoni kechishining etnopsixologik xususiyatlari (etnopsixologik stereotiplar, etnik identiklikning shakllanganlik darajasi, madaniy qadriyatlar yo‘nalishi) aniqlangan;
o‘zbek, rus, qozoq va koreys millati vakillarida inkul`turatsiya jarayoniga ta’sir etuvchi o‘z xalqi madaniyati, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari, xulq-atvor me’yorlari haqidagi ijtimoiy tasavvurlarining tuzilmasi (tasavvurlar yadrosi va periferik zonalariga kiruvchi kategoriyalar) va tavsifi (o‘z xalqi urf-odatlari, an’analari, qadriyatlarini bilish va baholash xususiyatlari) ilmiy asoslangan;
shaxsda inkul`turatsiya jarayonining tarkibiy qismlaridan bo‘lgan etnik aynanlikni kognitiv, emotsional, xulq-atvor komponentlarining yosh, jins va o‘zbek, rus, qozoq hamda koreys millati vakillariga xos bo‘lgan milliy xususiyatlari aniqlangan;
globallashuv sharoitida yoshlarni ommaviy madaniyatning salbiy ta’sirlaridan saqlashda inkul`turatsiya jarayonining bolalik davridan samarali kechishining roli isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shaxsda inkul`turatsiya jarayonining etnopsixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ilk marotaba mahalliy muhitda inkul`turatsiya jarayoni kechishining etnopsixologik xususiyatlari aniqlanganligi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va O‘zbekiston Milliy universiteti o‘quv jarayonida “Etnopsixologiya”, “Ijtimoiy psixologiya” va “Oilaviy munosabatlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 89-03-1459-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur fanlar mazmuni takomillashtirilgan va o‘qitish sifati oshirilgan;
o‘zbek, rus, qozoq va koreys millati vakillarida inkul`turatsiya jarayoniga ta’sir etuvchi o‘z xalqi madaniyati, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari, xulq-atvor me’yorlari haqidagi ijtimoiy tasavvurlarining milliy va madaniy tuzilmasi va ijtimoiy-psixologik tavsifi ilmiy asoslanganligi natijalari Toshkent davlat pedagogika universitetining 16-son buyrug‘i bilan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Kasb psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi” moduli mazmuniga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 12 dekabrdagi P-M-16-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarda shaxsdagi o‘z milliy madaniyatiga nisbatan mavjud bo‘lgan ijtimoiy tasavvurlarining tuzilmasi to‘g‘risidagi ilmiy bilimlar boyitilgan;
shaxsda inkul`turatsiya jarayonining tarkibiy qismlaridan bo‘lgan etnik aynanlikning kognitiv va emotsional komponentlarining yosh, jins va o‘zbek, rus, qozoq va koreys millati madaniyatiga xos bo‘lgan milliy xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar Toshkent davlat pedagogika universitetining 16-sonli buyrug‘i bilan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi “Kasb psixologiyasi” moduli mazmuniga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 12 dekabrdagi P-M-16-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu psixolog kadrlar tayyorlash o‘quv kursida ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida yoshlarni ommaviy madaniyatning salbiy ta’sirlaridan saqlashda inkul`turatsiya jarayonini bolalik davridan samarali kechishini belgilab berishi haqidagi ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universitetining 16-sonli buyrug‘i bilan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 12 dekabrdagi P-M-16-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu soha vakillari uchun ommaviy madaniyat ta’siridan saqlanish ko‘nikmalarini shakllantirish ishlarining ilmiy-metodik ta’minotini kuchaytirilishiga erishilgan.