Maxmudov Azamjon Muxtarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh rahbarlarda boshlang‘ich boshqaruv ko‘nikmalari shakllanib borishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari (harbiy va harbiy bo‘lmaganlar misolida)” 19.00.03 – Inson kasbiy faoliyati (Kasb psixologiyasi), (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Psi8. 
Ilmiy rahbar: Safaev Nuriddin Solixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Mavlonov Mamadjan Mustafaevich,  psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi harbiy va harbiy bo‘lmagan sohalarda boshqaruv faoliyatini olib borayotgan yosh rahbarlarda boshqaruv ko‘nikmalari rivojlanishi va shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh rahbarlar boshqaruv ko‘nikmalarida yetakchi psixologik omil bo‘lgan liderlik fenomenining qaror qabul qilishni ratsionallashtirish liderlik intellekti bilan hamohang rivojlanib borishi aniqlangan;
yosh rahbarlarning psixikasi va shaxsi strukturasi shakllanishi psixik jarayonlari tarkibining bilish, irodaviy va emotsional guruhi orqali amalga oshishi aniqlangan;
boshlang‘ich boshqaruv ko‘nikmalari shakllanib borishining o‘z-o‘zini nazorat qilish, emotsional sohaning barqarorligi kabi ijtimoiy-psixologik strukturasi va uning izchilligi to‘g‘risida yosh rahbarlarda tasavvurlarni tizimli shakllantirib borish samarali ekanligi aniqlangan;
yosh rahbarlarda boshlang‘ich boshqaruv ko‘nikmalari shakllanib borishining ijtimoiy-psixologik tarkibi va izchilligi to‘g‘risida tasavvurlarni shakllantirish samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yosh rahbarlarda boshlang‘ich boshqaruv ko‘nikmalari shakllanib borishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
yosh rahbarlar boshqaruv ko‘nikmalarida yetakchi psixologik omil bo‘lgan liderlik fenomenining qaror qabul qilishni ratsionallashtirish liderlik intellekti bilan hamohang rivojlanib borishi to‘g‘risidagi takliflari Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 avgustdagi    P-M-8-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Boshqaruv va marketing psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 avgustdagi P-M-8-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu takliflar amaliyotchi psixologlarning boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
yosh rahbarlarning psixikasi va shaxsi strukturasi shakllanishi psixik jarayonlari tarkibini bilish, irodaviy va emotsional guruhi orqali amalga oshirishda psixologik treninglarni qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan usullardan Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 avgustdagi P-M-8son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Boshqaruv va marketing psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 avgustdagi P-M-8-son ma’lumotnomasi). Natijada, rahbar kadrlar komponentlarini shakllantiruvchi sifatlar markazning ilmiy-amaliy ta’minotini kuchaytirgan;
boshlang‘ich boshqaruv ko‘nikmalari shakllanib borishining o‘z-o‘zini nazorat qilish, emotsional sohaning barqarorligi kabi ijtimoiy-psixologik strukturasi va uning izchilligi to‘g‘risida yosh rahbarlarda tasavvurlarni tizimli shakllantirib borish samarasini aniqlash usullari Toshkent davlat Pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 avgustdagi P-M-8-son buyrug‘i bilan tashkil etilgan “Shaxslararo psixologiya” kursini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 avgustdagi P-M-8-son ma’lumotnomasi). Natijada, soha vakillarida ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish bo‘yicha profilaktika ishlarini tashkil etishning namunaviy rejasi ishlab chiqilgan;
yosh rahbarlarda boshlang‘ich boshqaruv ko‘nikmalari shakllanib borishining ijtimoiy-psixologik tarkibi va izchilligi to‘g‘risida tasavvurlarni shakllantirish mexanizmlarini samarali joriy etishga oid amaliy tavsiyalardan Toshkent davlat Pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 avgustdagi  P-M-8-son buyrug‘i bilan tashkil etilgan “Kasb psixologiyasi” moduli majmuasiga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 avgustdagi P-M-8-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu psixodiagnostik tekshiruvlar asosida shakllantirilgan sifatli psixologik tavsifnomalarni tuzishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish