Soliev Ilxomjon Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirish)», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1397.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibragimov Xolboy, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyat Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi axborot kompetentligining komponentlari (axborot-qidiruv, axborot-analitik, axborot-kommunikativ, axborot-refleksiv, axborot-texnologik, axborot-funksional, axborot-kasbiy) interaktiv, sinxron va asinxron mul`timedia vositalari  orqali takomillashtirilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi axborot kompetentligini rivojlantirish bosqichlari (motivatsion-maqsadli, mazmunli-faoliyat, natijaviy-refleksiv) pedagogik imkoniyatlar (ta’lim va rivojlanishning traektoriyasi, o‘quv materiallari bankini yaratish, bilish faoliyatini samarali tashkil etish) orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi axborot kompetentligini rivojlantirishning tizimli-funksional modeli praksiologik yondashuv orqali takomillashtirilgan;
baholash portfolio texnologiyalari (diagnostik, motivatsion, rivojlantirish, korreksiyalash) asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi axborot kompetentligini rivojlantirish mezonlari (texnologik, refleksiv), darajalari (intuitiv, normativ, ijodiy), ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ta’lim jarayonida axborot kompetentligini rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
interaktiv, sinxron va asinxron mul`timedia vositalari  orqali takomillashtirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi axborot kompetentligining komponentlari (axborot-qidiruv, axborot-analitik, axborot-kommunikativ, axborot-refleksiv, axborot-texnologik, axborot-funksional, axborot-kasbiy)ga oid taklif va xulosalardan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-123 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematikadan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 iyundagi 89-03-2212-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligi rivojlanishi aniqlangan; 
pedagogik imkoniyatlar (ta’lim va rivojlanishning traektoriyasi, o‘quv materiallari bankini yaratish, bilish faoliyatini samarali tashkil etish) orqali aniqlashtirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi axborot kompetentligini rivojlantirish bosqichlari (motivatsion-maqsadli, mazmunli-faoliyat, natijaviy-refleksiv)ga oid taklif va xulosalardan “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i, 359-141 raqamli guvohnoma). Natijada, mazkur bosqichlar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bilim salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilgan;
praksiologik yondashuv orqali takomillashtirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi axborot kompetentligini rivojlantirishning tizimli-funksional modeliga oid taklif va xulosalardan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-123 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematikadan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 iyundagi № 89-03-2212-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirish samaradorligiga erishilgan;
baholash portfolio texnologiyalari (diagnostik, motivatsion, rivojlantirish, korreksiyalash) asosida aniqlashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi axborot kompetentligini rivojlantirish mezonlari (texnologik, refleksiv), darajalari (intuitiv, normativ, ijodiy), ko‘rsatkichlariga oid taklif va xulosalardan “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i,  359-141 raqamli guvohnoma). Natijada, bu takliflar “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” ta’lim yo‘nalishi talabalarining axborot kompetentligining o‘sish dinamikasi oshishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish