Xolmo‘minov Ja’far Muhammadievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Vahdat ul-vujud falsafasi va uning Naqshbandiya ta’limotiga ta’siri (Ibn al-Arabiy, Muhammad Porso va Abdurahmon  Jomiy qarashlari asosida)”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Fal35.
Ilmiy maslahatchi: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Navro‘zova Gulchexra Nigmatovna, falsafa fanlari doktori, professor; Ro‘zmatzoda Qodirqul Ro‘zmat o‘g‘li, falsafa fanlari doktori, professor; Karimov Sayimnazar Karimovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ibn Arabiy Vahdat ul-vujud falsafasining  Naqshbandiya ta’limotiga ta’siri va uning hozirgi davrdagi borliq haqidagi bilimlar bilan mutanosibiligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ibn al-Arabiy “Vahdat ul-vujud falsafasi”ning Naqshbandiya ta’limotiga ta’sirining falsafiy, badiiy, tarixiy yo‘nalishlari aniqlangan va hozirgi davrdagi borliqning birligi va xilma xilligi g‘oyasiga transformatsiyasi asoslangan; 
Xoja Muhammad Porso Buxoriy, Xoja Ahror Valiy va Mavlono Abdurahmon Jomiy tomonidan Ibn al-Arabiyning “Vahdat ul-vujud falsafasi”dagi irfoniy g‘oyalarning Naqshbandiyada “falsafiy ta’limot darajasiga ko‘tarilganligi”  asoslanganligi  isbotlangan;
Naqshbandiya ta’limotidagi “Dil ba yoru dast ba kor” (diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin) g‘oyasining  shaxslararo dialogni tashkil etish va va shaxsning mehnat bilan kamolotga erishish vositasi ekanligi  ochib berilgan;
Mavlono Abdurahmon Jomiyning irfon falsafasi, teosofiya va Vahdat ul-vujudga oid ta’limoti Naqshbandiya tariqatidagi falsafiy-irfoniy g‘oyalarning takomillashishiga xizmat qilganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Vahdat ul-vujud falsafasi va uning Naqshbandiya ta’limotiga ta’sirini tadqiq etish asosida: 
Ibn Arabiy “Vahdat ul-vujud falsafasi”ning Naqshbandiya ta’limotiga ta’sirining falsafiy, badiiy, tarixiy yo‘nalishlari va hozirgi davrdagi borliqning birligi va xilma xilligi g‘oyasiga tarnsformatsiyasiga oid  ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining ilmiy loyiha va amaliy ekspedisiyalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2020 yil 9 martidagi 01-07-474-son dalolatnomasi). Natijalar ekspedisiya  ishtirokchilarida tasavvuf ta’limotining bosh g‘oyasi bo‘lmish Vahdat ul-vujud falsafasining Naqshbandiya tariqatiga ta’sirining hozirgi davrdagi transformatsiyasi haqida bilimga ega bo‘lish va ulardan loyixalarning yaxlitligini ta’minlashda foydalanishga xizmat qilgan; 
Xoja Muhammad Porso Buxoriy, Xoja Ahror Valiy va Mavlono Abdurahmon Jomiy tomonidan Ibn al-Arabiyning “Vahdat ul-vujud falsafasi”dagi amaliy tariqat darajasidagi irfoniy g‘oyalarning Naqshbandiya ta’limotiga “falsafiy ta’limot darajasiga ko‘tarilganligi”,  Naqshbandiya ta’limotidagi “Dil ba yoru dast ba kor” g‘oyasining  shaxslararo dialogning asosiy omili va shaxsning olamdagi o‘rnini aniqlash vositasi sifatidagi ahamiyatiga oid xulosalardan Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazining “Naqshbandiya tariqatining zamonaviy talqini” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazining 2020 yil 20 noyabrdagi 74-son ma’lumotnomasi). Natijalar o‘quv qo‘llanmaning Ibn al-Arabiyning Vahdat ul-vujud falsafasining Naqshbandiya ta’limotiga ta’siri mavzusini tayyorlashga, Sharq allomalarining falsafiy-irfoniy merosining ahamiyatini o‘rganishga oid ilmiy tadqiqotlar olib borishga xizmat qilgan;
islom falsafiy maktablaridagi borliqning birligi g‘oyasining Naqshbandiya ta’limoti shakllanishiga ta’siri xususidagi tadqiqotda ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent islom instituti va Miri Arab oliy madrasasida tasavvuf falsafasini, xususan, Vahdat ul-vujud g‘oyalarini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yil 18 martidagi 2055-son dalolatnomasi). Natijada soha mutaxassislarida tasavvuf falsafasi, xususan, Vahdat ul-vujud g‘oyalarini ilmiy nuqtai nazardan o‘rganish va talqin etish ko‘nikmalarini hosil qilishga erishilgan;
Mavlono Abdurahmon Jomiyning “irfon falsafasi, teosofiya va Vahdat ul-vujud” ta’limoti Naqshbandiya tariqatining falsafiy-irfoniy g‘oyalarining takomillashishiga asos ekanligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Tojik milliy madaniy markazi va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda tayyorlangan “Sharq falsafiy merosi” ilmiy lug‘atini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Tojik milliy madaniy markazining 2020 yil 12 iyuldagi 01-31-son dalolatnomasi). Natijalar shoir va mutafakkir Mavlono Abdurahmon Jomiy, Ibn al-Arabiy, Naqshbandiy ta’limoti g‘oyalaridagi uyg‘unlikning dunyoni bilishning yangi imkoniyati sifatidagi ahamiyatini anglash, ilmiy-amaliy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish