Parpiev Muhammadjon Tolibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Yangilanayotgan O‘zbekistonda shaxs ma’naviy madaniyatini takomillashtirish omillari”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (madaniyatshunoslik va madaniyat falsafasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal259.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovna, falsafa fanlari doktori, professor v.b.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti DSc.30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Usman Xasilovich, falsafa fanlar doktori, professor; Sadulla Otamuratov, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yangilanayotgan O‘zbekistonda shaxs ma’naviy madaniyatini takomillashtirish omillarini ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan ochib berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq mutafakkirlari merosidagi inson ma’naviy madaniyatini shakllantirishga oid g‘oyalarini zamonaviy shaxsning avlodlararo vorisiylikka tayanish hamda milliy qadriyatlarning ma’aviy kamolot omili ekanligi ochib berilgan;
shaxs ma’naviy madaniyati bilim, e’tiqod, ijtimoiy muhitning mutanosibligiga erishish shaxslararo barqaror munosabatlarni ta’minlashning me’yori ekanligi asoslangan;
yoshlarning virtual muloqot madaniyatini shakllantirishda kommunikatsiya vositalaridan oqilona foydalanishga erishish axborot texnologiyalarining salbiy (dunyoqarashni cheklashi, ongni boshqarish) ta’sirini oldini olish imkoniyati ekanligi ochib berilgan;
islomning nurli ma’rifiy g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirish, diniy ma’rifat va axloqiy qadriyatlarning uyg‘unligiga erishish uchun ta’lim muasasalarida diniy va dunyoviy bilimlarni o‘rgatishning usullarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yangilanayotgan O‘zbekistonda shaxs ma’naviy madaniyatini takomillashtirish omillarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sharq mutafakkirlari merosidagi inson ma’naviy madaniyatini shakllantirishga oid g‘oyalarini zamonaviy shaxsning avlodlararo vorisiylikka tayanish hamda milliy qadriyatlarning ma’aviy kamolot omili ekanligi borasidagi nazariy xulosalaridan KA-1-004-sonli “O‘zbekistonda modernizatsiya jarayonlari va yoshlarda innovatsion ong shakllanishini ilmiy-amaliy tadqiq etish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 maydagi 89-03-1799-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari loyiha doirasida nashr etilgan “Modernizatsiya jarayonining falsafiy jihatlari” nomli o‘quv qo‘llanmada ma’naviy madaniyat tushunchasi, funksiyalari va xususiyatlari, unda sodir bo‘ladigan jarayonlar, milliy qadriyatlarni ma’aviy kamolot omili ekanligining ilmiy-nazariy asoslarini ochib berishga xizmat qilgan;
shaxs ma’naviy madaniyati bilim, e’tiqod, ijtimoiy muhitning mutanosibligiga erishish shaxslararo barqaror munosabatlarni ta’minlashning  me’yori ekanligi sifatida asoslab berilgan xulosa va tavsiyalardan Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi faoliyatining “Yoshlar ma’naviy olamini shakllantirish, ta’lim tizimining nazariy asoslari” amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2020 yil 17 martdagi 09-16/497-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston ta’lim tizimining nazariy asoslarini mustahkamlash hamda yoshlarda ta’lim va tarbiya uyg‘unligini shakllantirishga xizmat qilgan;
yoshlarning virtual muloqot madaniyatini shakllantirishda  kommunikatsiya vositalaridan oqilona foydalanishga erishish axborot texnologiyalarining salbiy ta’sirini oldini olish imkoniyati ekanligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi” to‘g‘risidagi PF-6017-son Farmoni mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy Kengashining 2020 yil 11 martdagi 02/07-239-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish kabi vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
islomning nurli ma’rifiy g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirish, diniy ma’rifat va axloqiy qadriyatlarning uyg‘unligiga erishish uchun ta’lim muasasalarida diniy va dunyoviy bilimlarni o‘rgatishning usullarini takomillashtirish yuzasidan chiqarilgan xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Madaniyat va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish” to‘g‘risidagi konsepsiyasida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 11 martdagi 02/07-239-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikaning davlat va nodavlat jamoat tashkilotlarida olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida yoshlar dunyoqarashida madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish vazifalarini samarali amalga oshirish imkoniyatini yaratdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish