Rustamov Sanjar Ashiralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Glisirrizin kislotasining ayrim biologik faol hosilalari sintezi va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/K130.
Ilmiy rahbarlari: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Isaev Yusup Tojimamatovich, kimyo fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Isaqov Xayatulla, texnika fanlar doktori, dotsent; Dehqonov Rahmatillo Sultonovich, kimyo fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: glisirrizin kislotasi va uning monoammoniyli tuzi asosida tarkibida mochevina hosilalari, aminofenollar, ayrim sul`fanilamid preparatlar tutuvchi supramolekulyar birikmalar sintez qilish, ulardan fungisid, antioksidant va biostimulyator xossasiga ega bo‘lganlarini aniqlash, kimyoviy tarkibi asosida halqaro kod raqamlari ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor glisirrizin kislotasi va uning monoammoniyli tuzi bilan mochevina, tiomochevina va ularning hosilalari hamda aminofenollar asosida yangi biologik faol birikmalar sintez qilingan;
ilk bor glisirrizin kislotasini norsul`fazol, sul`fazin, sul`fasalazin, sul`fametaksozol bilan supramolekulyar komplekslari sintez qilingan;
sintez qilingan supramolekulyar komplekslarining biologik faolligi bug‘doyning unib chiqishini stimullovchi ta’siri, ayrim patogen mikroorganizmlar ko‘payishini to‘xtatishida, antioksidant faolligini aniqlash bilan isbotlangan;
glisirrizin kislotasining aminoguruh tutuvchi hosilalari kimyoviy tarkibi asosida sinflangan, tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha 2938 90 300 1 xalqaro kod raqami ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Glisirrizin kislotasi va uning monoammoniyli tuzi asosida sintez qilingan biologik faol moddalarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
glisirrizin kislotasining aminoguruh tutuvchi hosilalari kimyoviy tarkibi asosida sinflanib tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha 2938 90 300 1 xalqaro kod raqami ishlab chiqilgan va davlat bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020 yil 6 yanvardagi 1/16-006-son ma’lumotnomasi). Natijada, glisirrizin kislotasining aminoguruh tutuvchi biologik faol birikmalarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan;
glisirrizin kislotasini monoammoniyli tuzi va mochevina asosida olingan “ARIQ” biostimulyatorini qo‘llash texnologiyasi Andijon viloyatda (2018-2019 yy.) 50 gektar bug‘doy maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 16 dekabrdagi 05/032-4390-son ma’lumotnomasi). Natijada, biostimulyator bilan ishlov berilgan maydonlarning har gektaridan qo‘shimcha 6–7 s hosil olish imkonini bergan.