Narbutaeva Dildora Abdusamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy o‘simlik xomashyosidan ajratib olingan polimer proantotsianidinlar bilan organizmdagi gipoksik holatlarni farmakologik muvofiqlashtirish», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B286.
Ilmiy rahbar: Xushbaktova Zaynab Abduraxmanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Far.32.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aminov Salaxiddin Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori; Gil`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polimer proantotsianidinlar va flavonoidlarga xos birikmalarning gipoksiyaga qarshi va antioksidant xususiyatlarini hamda ularning gipoksik holatlarda qo‘llash samaradorligini baholash va organizmdagi buzilgan metabolik jarayonlarga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Geranium saxatile Kar. et. Kir. (geranil) va Polygonium coriarium (katatsin) o‘simliklaridan ajratib olingan polimer proantotsianidinlar hamda Thermopsis alterniflora dan ajratib olingan yig‘ma flavonoid preparatlarning (flateron) gipoksiyaga qarshi va antioksidant faolligi mavjudligi aniqlangan;
ilk bor, proantotsianidinlar geranil va katatsin, referens- kavergal preparati kabi o‘pka shishi sharoitida gipoksik holatlar belgilarini kamaytiribgina qolmasdan, organizmning antioksidant himoyasini oshirgan holda substratlarning aerob oksidlanishini turg‘unlashtirishi va energiya hosil bo‘lishi gomeostazini normallashtirishi isbotlangan;
yuqori faollikka ega polimer proantotsianidinlar - geranil va katatsin, solishtirish preparatlari mildronat va kavergal kabi tajribaviy infarkt miokardda tajriba hayvonlarida nasos funksiyasini tiklashga yordam berishi aniqlangan;
ilk bor yuqori faollikka ega vositalar normabarik va gemik gipoksiyalarda gipoksiyaga qarshi samaradorlikni namoyon qilishi taniqli mildronat dori vositasiga nisbatan ustunligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy o‘simlik xomashyosidan ajratib olingan polimer proantotsianidinlar bilan organizmdagi gipoksik holatlarni farmakologik muvofiqlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
katatsin-gipoksiyaga qarshi vositasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» davlat unitar korxonasida ro‘yxatga olingan (№01558/06/17, 06.06.2017 y.). Natijada, mahalliy xomashyodan samarali gipoksiyaga qarshi faollikka ega bo‘lgan vosita yaratish imkonini bergan;
flateron-gipolipidemik ta’sirga ega vositasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» davlat unitar korxonasida ro‘yxatga olingan (№00198/07/15, 17.07.2015y.). Natijada, ushbu preparatning giperlipidemiya va aterosklerozda gipoksiyaga qarshi ta’sirni namoyon qilishi va qo‘llanilishini yanada kengaytirish imkonini bergan;
Geranium saxatile Kar. et. Kir. (geranil ) o‘simligidan olingan polimer proantotsianidinlarning biologik faolliklarini xamda kimyoviy tuzilishini aniqlashdan olingan ma’lumotlardan yuqori impakt faktorli (IF) 4 xorijiy jurnallarda mazkur sinf birikmalarini biologik faolliklarini tavsiflashda foydalanilgan (Chemistry of Natural Compounds, 2019, 55(6) P. 1156-1158, Springer IF=0.67, Chemistry of Natural Compounds, 2019, 55(2) P. 348-350, Springer IF=0.67, Khimiya Rastitel'nogo Syr'ya Royal Society, 2017 (2), P.127-132, Scopus IF=0.50, Khimiya Rastitel'nogo Syr'ya Royal Society, 2017 (1), P. 79-83, Scopus IF=0.50). Natijada, moddalarning gipoksiyaga qarshi va antioksidant faolliklari to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkonini bergan.