Azamatov Azizbek Azamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diterpenoid, steroid, xinolizidin alkaloid va ular hosilalarining nootrop va alkogolga qarshi farmakologik faolligi», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/V232.
Ilmiy rahbar: Tursunxodjaeva Firuza Muratovna, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Far.32.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: To‘laganov Rustam Tursunovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Yakubova Lutfiya Karimjonovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: alkaloid N-metilsitizin va sitizinning yangi N–benzilli hosilalarini nootrop, antigipoksik, antitoksik (o‘tkir alkogoldan zaharlanishda) faolligini shuningdek, diterpenoid va steroid birikmalarning surunkali alkogolizmga ruhiy va jismoniy to’be bo‘lgan kalamushlarda alkogol qabul qilish dinamikasiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sitizinning yangi N-benzil hosilalari sog‘lom hamda turli kognitiv buzilishlar chaqirilgan tajriba hayvonlarda nootrop faollikka ega ekanligi isbotlangan;
ilk bor sitizinning yangi N-benzil hosilalari surunkali alkogolik kalamushlarda jismoniy va ruhiy qaramlikda, miya kongnitiv faoliyatining buzilishlarida samarador ekanligi aniqlangan;
birikmalar skopolamin-induksiyalangan amneziya modeli bo‘yicha amneziyaga qarshi eksperimental hayvonlarning kognitiv faoliyatni yaxshilashi aniqlangan;
nootrop va antigipoksik faolligi birikmalar orasidan N -benzilsitizin gidroxlorid solishtirma preparat piratsetam (Nootropil) dan sezilarli darajada ustun turishi isbotlangan;
birikmalarning nootrop faolligida xolinomimetik ta’sir asosiy o‘rinni egallashi aniqlangan;
N -metilsitizin alkaloidi o‘rta, og‘ir va o‘ta og‘ir darajadagi o‘tkir alkogoldan zaharlanishlarda antitoksik ta’sirga ega ekanligi isbotlangan;
alkaloidlar lappakonitin va α, β - xlorimperialin birikmalarining 1:1 (2.5 mg/kg) nisbati, ruhiy va jismoniy tobe bo‘lgan surunkali alkogolik kalamushlarda alkogolizmga qarshi faolligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Diterpenoid, steroid, xinolizidin alkaloid va ular hosilalarining nootrop va alkogolga qarshi farmakologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Xronik alkogolizmga qarshi farmatsevtik kompozisiya»ga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05700, 2018 y). Natijada, alkogolizmga qarshi faollikka ega bo‘lgan yangi dori vositasini yaratish imkonini bergan;
«Narkotiklarga qarshi faollikka ega vosita»ga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 20180101, 2020 y). Natijada, alkologolli intoksikatsiyada qo‘llaniladigan dori vositalarning assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
N-metilsitizin preparatining alkogol bilan o‘tkir zaharlanganda va uxlatuvchi moddalarga qarshi antinarkotik ta’sirini namoyon qilishi hamda N va M-xolinolitik xususiyatidan FA-FZ-T147 raqamli «Istiqbolli dorivor vositalarning potensial manbaalari bo‘lgan o‘simliklar alkaloidlari kimyosi» loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 15 iyundagi 4/1255-1222-son ma’lumotnomasi). Natijada, N-metilsitizin alkaloidining klinik sinovlarga ruxsat olish uchun me’yoriy-texnik hujjatlarni tayyorlash imkonini bergan.