Isroilov Jamshid Dilshodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mobil` aloqa qurilmalarini identifikatsiyalash va ro‘yxatdan o‘tkazish algoritmlarini ishlab chiqish”, 05.04.02 – Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil`, tolali optik aloqa tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T466.
Ilmiy rahbar: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc. 13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Baxtiyorjon Ne’matovich, texnika fanlar doktori, dotsent; Mirsagdiev Orifjon Alimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mobil` aloqa qurilmalarini identifikatsiyalash va ro‘yxatdan o‘tkazish algoritmlari, axborot tizimi, axborot tizimi modullarining o‘zaro aloqasi, ta’sirlashishi va integratsiyalanishini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’lumotlar bazasini tashkil etuvchi komponentlarining arxitekturasi va IMEI-kod bo‘yicha identifikatsiyalash axborot tizimi yaratilgan;
foydalanuvchilarni blokirovka qiluvchi hamda ogohlantiruvchi IMEI-kod bo‘yicha axborot tizimining mobil` qurilmalarini identifikatsiyalash va ro‘yxatdan o‘tkazish algoritmlari ishlab chiqilgan;
IMEI-kodlar axborot tizimining modullarini identifikatsiyalash tizimi bilan o‘zaro aloqasi, ta’sirlashishi va integratsiyalanishini tashkil etish tamoyillari yaratilgan;
“server-dasturiy ta’minot” kompleksi ishonchliligining informativ ko‘rsatkichlarini hisoblashning analitik ifodalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mobil` aloqa qurilmalarini identifikatsiyalash va ro‘yxatdan o‘tkazish algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«UNICON.UZ» DUK tomonidan «IMEI ma’lumotlar bazasida qidirish moduli», «IMEI axborot tizimning foydalanuvchilarini qayd etish moduli», «IMEI axborot tizimi ma’lumotlar omboriga so‘rovlar qilish, qidirish va qo‘shish moduli», «Mobil terminalning IMEIni hisoblash v1.0» dasturiy ta’minoti qo‘yilgan funksiyalarni to‘liq bajaradi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifa bo‘yicha ishlatilishi mumkinligi to‘g‘risida xulosa berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 10 noyabrdagi 33-8/6714-son ma’lumotnomasi). Natijada, IMEI-kod bo‘yicha mobil` qurilmalarni identifikatsiyalash va ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘lgan;
IMEI-kodlar axborot tizimining modullarini identifikatsiyalash tizimi bilan o‘zaro aloqasi, ta’sirlashishi va integratsiyalanishini tashkil etish tamoyillari hamda mobil` terminal IMEI- kodining to‘g‘riligini hisoblash dasturi «FALCON TELECOM EXPERT» MChJga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 10 noyabrdagi 33-8/6714-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu hisoblashlar vaqtini 8-10 baravar qisqartirishga va tizimning ishlash samaradorligini 1,1-1,2 baravarga oshirishga erishilgan;
ishlab chiqilgan IMEI-kod bo‘yicha axborot tizimi mobil` qurilmalarini identifikatsiyalash va ro‘yxatdan o‘tkazish algoritmlari, IMEI-kodlar axborot tizimining modullarini mavjud IMEI-kodlarni identifikatsiyalash tizimi bilan o‘zaro aloqasi, o‘zaro ta’sirlashishi va integratsiyalanishini tashkil etish tamoyillari hamda ma’lumotlar bazasi arxitekturasi «O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi» DUKga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 10 noyabrdagi 33-8/6714-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu tizimning unumdorligini 10-15 foizga oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan IMEI-kod bo‘yicha mobil` qurilmalarni identifikatsiyalash va ro‘yxatdan o‘tkazish axborot tizimi ishonchliligining informativ ko‘rsatkichlarini hisoblashning analitik ifodalari «O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi» DUKga hamda «Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi»ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 10 noyabrdagi 33-8/6714-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishonchlilik ko‘rsatkichlarining hisoblash vaqti 15-20 foizga qisqargan.