Li Dmitriy Eduardovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Info - kommunikatsion muhitini yaratish orqali professional ta’lim o‘qituvchisining akt kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1893.
Ilmiy rahbar: Djuraev Risbay Xaydarovich, pedagogika fanlari doktori, Akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi info–kommunikatsion muhitini yaratish orqali professional ta’lim o‘qituvchisining AKT bo‘yicha kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim o‘qituvchisining axborot kommunikatsion texnologiyalar bo‘yicha kompetentligini rivojlantirishning differensial darajalarini (tayanch, kengaytirilgan, faol) aniqlash orqali info-kommunikativ muhitini joriy etishning tashkiliy-pedagogik sharoitlari takomillashtirilgan;
onlayn formatdagi o‘quv jarayonida Webinar, IQ CARD va ChAT-texnologiyalari hamda telekonferensiya texnologiyalari imkoniyatlaridan integrativ foydalanish orqali info–kommunikatsion ta’lim muhitida professional ta’lim o‘qituvchisining axborot kommunikatsion texnologiyalar bo‘yicha kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan variativ o‘quv kursi mavzulari mazmuni ishlab chiqilgan;
Canva, Pixlr X, Polarr, Xara Photo & Graphic Designer. Photopea, Pixelmator grafik paketlari asosida mul`timediali o‘qitish platformasi imkoniyatlaridan foydalanish orqali professional ta’lim o‘qituvchilarini axborot kommunikatsion texnologiyalar bo‘yicha kompetentligini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
info–kommunikatsion muhitida kasbiy o‘sish ko‘rsatkichlari (innovatsion pedagogik resurslar, test dasturlari, elektron resurslar, amaliy dasturlarni ishlab chiqish ko‘nikmalari) va darajalarini (elementar, kengaytirilgan, professional) belgilash asosida professional ta’lim o‘qituvchilarini axborot kommunikatsion texnologiyalar bo‘yicha kompetentligini kompleks baholashga aloqador indikatorlari (pedagog-adminstrator, pedagog-yaratuvchi, pedagog-t`yutor) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Info-koomunikatsion muhitini yaratish orqali professional ta’lim o‘qituvchisining AKT bo‘yicha kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari asosida:
onlayn formatdagi o‘quv jarayonida Webinar, IQ CARD va ChAT-texnologiyalari hamda telekonferensiya texnologiyalari imkoniyatlaridan integrativ foydalanishga doir takliflardan AIF-2/20 raqamli “Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali injener kadrlar tayyorlash va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2020 yy.) mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30-noyabrdagi 89-03-5001-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish sifatini yaxshilashda axborot-kommunikatsion tayyorgarligi takomillashuviga xizmat qilgan;
Canva, Pixlr X, Polarr, Xara Photo & Graphic Designer. Photopea, Pixelmator grafik paketlari asosida mul`timediali o‘qitish platformasi imkoniyatlaridan foydalanish orqali professional ta’lim o‘qituvchisining AKT bo‘yicha kompetentligini rivojlantirishga oid ilmiy va metodik ishlanmalaridan professional ta’lim o‘qituvchisining AKT bo‘yicha kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan variativ o‘quv dasturi mavzulari mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30-noyabrdagi 89-03-5001-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv kursi professional ta’lim o‘qituvchisining axborot kommunikativ kompetentligini oshirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
info–kommunikatsion muhitida kasbiy o‘sish ko‘rsatkichlari (innovatsion pedagogik resurslar, test dasturlari, elektron resurslar, amaliy dasturlarni ishlab chiqish ko‘nikmalari)ni belgilash asosida professional ta’lim o‘qituvchilarining AKT bo‘yicha kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan “Axborot-kommunikatsiya muhiti sharoitida kollej o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha maxsus o‘quv dasturi” (DGU 09439 raqamli guvohnoma), “Prinsipi i texnologiya sozdaniya elektronnix uchebnikov dlya professional`nogo kolledja” metodik ta’minoti ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30-noyabrdagi 89-03-5001-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodik ta’minot o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.