Xusanov Nozim Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Professional ta’lim tizimi rahbar xodimlarini boshqaruv faoliyatiga tayyorlashda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish metodikasi”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1894.
Ilmiy rahbar: Qurbonov Shavkat Ergashevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Turakulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi professional ta’lim tizimi rahbar xodimlarini boshqaruv faoliyatiga tayyorlashda kommunikativ kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim muassasasi rahbar xodimlarining malakasini oshirish jarayoni andragogik va kompetensiyaviy yondashuvlarni qo‘llash hamda kasbiy standart talablarini (mehnat xarakatlari, zaruriy bilimlar va ko‘nikmalar) aniqlash orqali ta’lim muhitini loyihalash va modellashtirish kabi funksiyalar yordamida mazmunan takomillashtirilgan; 
kompetensiyaviy yondashuv asosida rahbar xodimlarni boshqaruv faoliyatiga tayyorlashda kommunikativ kompetentlikni takomillashtirishga qaratilgan tuzilmaviy-mantiqiy modeli (mazmunli, faoliyatli, tashxislash) komponentlari transformatsion bloklarning mantiqiy uzviyligini (axborotli, izohli, tahliliy) ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
professional ta’lim, ishlab chiqarish va bandlikka ko‘maklashish tashkilotlari tarmoq o‘zaro hamkorligining funksional (Axiologist, Integral) vazifalarini aniqlashtirish orqali rahbar xodimlarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi (Projecting, Researching, Case-study, Cluster-Pyramid) vizual dasturlash tilidan (Visual C++) foydalanish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasalari rahbar xodimlar kommunikativ kompetentligining rivojlanganlik darajalarini (reproduktiv, produktiv, kreativ) baholash mezonlari kasbiy standartda belgilangan umumlashtirilgan mehnat vazifalarini aniqlashtirish (ta’lim muassasasini boshqarish, rivojlantirish, resurslardan foydalanish) asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Professional ta’lim tizimi rahbar xodimlarni boshqaruv faoliyatiga tayyorlashda kommunikativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
professional ta’lim tizimi rahbar xodimlarini boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish hamda “Rahbar xodimlarda kommunikativ kompetentlikni shakllantirish klasteri” uslubiy ta’minot  asosida olingan natijalar O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining YoA-1-16 “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi rahbar hamda pedagog kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha malakaviy tayyorgarlik darajasini kvalimetrik baholash” loyihasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining №AIF-2/18 “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash” mavzusidagi xalqaro loyihasi doirasida bajarilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi 19-03-4487-son ma’lumotnomasi). Natijada, professional ta’lim muassasalari rahbar xodimlarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirish imkoniyatlari kengaygan;
professional ta’limda rahbar xodimlar kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning klasterli piramidasini tashkil etish, ta’lim, ishlab chiqarish va bandlikka ko‘maklashish markazlari o‘rtasida o‘zaro tarmoq  hamkorligini amalga oshirish, veb-sayt, elektron portfolio, metodik model` va “Uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlashning ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi” nomli axboriy-dasturiy va metodik tavsiyalar professional ta’lim tizimi pedagogik faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi 19-03-4487-son ma’lumotnomasi). Mazkur axboriy-dasturiy va metodik tavsiyalar rahbar xodimlarning bashqaruv faoliyatida ularning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
professional ta’lim muassasalari rahbar xodimlari kommunikativ kompetentligining rivojlanganlik darajasini aniqlash va “Ta’limda menejment va marketingi” malaka oshirish moduli uchun yanada dolzarb va ommabop o‘quv-uslubiy yordamni amalga oshirish maqsadida kommunikativ kompetentlikning rivojlanganlik darajasini baholash bo‘yicha baholash mezonlari (motivatsion, kognitiv, refleksiv, faoliyatli)  ishlab chiqilgan hamda malaka oshirish jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi 19-03-4487-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar malaka oshirish kursining sifati va samaradorligi oshishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish