Askarov Mirzoxid Maxammadjon o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:    
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi ingliz tilli xorijiy tadqiqotlarda o‘zbek xalqining o‘zligini anglash masalalari” (Voprosi identichnosti uzbekskogo naroda v zarubejnoy angloyazichnoy literature  konsa XX - nachala XXI vv.)”, 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya va 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot metodlari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tar366.
Ilmiy rahbar: Doniyorov Alisher Xudayberdievich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Mahkamova Nodira Raxmanovna, tarix fanlari doktori, professor; Iskandarov Sherzod Abdig‘anievich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX–XXI asr boshlaridagi o‘zbek xalqining o‘zlikni anglash masalasini ingliz tilli xorijiy adabiyotlar tarixshunoslik tahlilida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
primordializm, konstruktivizm va instrumentalizm etnologik nazariyalari kesishmasida o‘zbek xalqining etnomadaniy o‘zligini anglashi ochib berilgan;
o‘zbeklarning milliy o‘zligini anglashiga sovet hokimiyatining “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” siyosati emas, balki mahalliy ziyolilarning milliy davlat haqidagi g‘oyalari asos bo‘lganligi etnografik materiallar asosida isbotlab berilgan;
ingliz tilida o‘zbek xalqi etnologiyasiga doir bajarilgan tadqiqotlar XX asr 90-yillarida “mintaqaviy tadqiqotlar” (area studies), XXI asr boshlarida “madaniy tadqiqotlar” (cultural studies) va hozirda esa “quvayotgan etnografiya” (catch-up ethnography) yondashuvlar tarzida rivojlanganligi asoslab berilgan;
Evropa va AQShdagi ilmiy markazlarda o‘zbek etnologiyasiga oid tadqiqotlar geosiyosiy vaziyatga qarab rivojlanganligi va Markaziy Osiyo ilmiy-tadqiqot maktablari shakllanishiga asos bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek xalqining o‘zligini anglash masalasini xorijiy ingliz tilli ma’lumotlar asosida tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida: 
o‘zbeklarning milliy o‘zligini anglashiga sovet hokimiyatining “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” siyosati emas, balki mahalliy ziyolilarning milliy davlat haqidagi g‘oyalari asos bo‘lganligiga oid ma’lumotlardan 5120300 – Tarix (Markaziy Osiyo xalqlari tarixi) ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 89-03-3765-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi tarixshunosligi masalasini ingliz tilli ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilish, tizimlashtirish va boyitish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan; 
o‘zlikni anglash masalasi bo‘yicha xorijiy ilmiy izlanuvchilar xulosalarining qiyosiy tahlili, XX asrda o‘zbeklarda mansublikning yagona ko‘rinishi mavjudligi to‘g‘risidagi fikrlar, ko‘p guruhlarga mansublik jihati mavjud bo‘lganligi va aynan shu asosda yagona o‘zbek millati shakllanganligi, ba’zi xorijiy tadqiqotchilarning qarashlarida xolisona yondashuv yo‘qligi kabi xulosalardan 5120300 – Tarix (Markaziy Osiyo xalqlari tarixi) ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 89-03-3765-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar o‘zbek milliy o‘zligini anglash jarayoni va uning rivojlanish bosqichlari to‘g‘risidagi bilimlarni boyitishga xizmat qilgan; 
ingliz tilida o‘zbek xalqi etnologiyasiga doir bajarilgan tadqiqotlar XX asr 90-yillarida “mintaqaviy tadqiqotlar” (area studies), XXI asr boshlarida “madaniy tadqiqotlar” (cultural studies) va hozirda esa “quvayotgan etnografiya” (catch-up ethnography) yondashuvlar tarzida rivojlanishiga oid mulohazalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida bajarilgan IJ.318 “O‘zbeklar milliy identikligining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari” (2018–2019) nomli 
loyihani  bajarishda  foydalanilgan  (O‘zbekiston   Respublikasi  Fanlar akademiyasining 2020 yil 11 noyabrdagi 3/1255-2457-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar o‘zbeklarda milliy o‘zlikni anglash masalalarini zamonaviy xorijiy nazariy-uslubiy yondashuvlar, adabiyotlar asosida tadqiq etish uchun manbaviy asos bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish