Xomidova Nigoraxon Rustamjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy va pereferik gemodinamika ko‘rsatkichlari buzilishining akusherlikdagi koagulopatik qon ketishlarga ta’siri», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tib718.
Ilmiy rahbar: Tuksanova Dilbar Ismatovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro  davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Sharifkanova Magrifa Nematkanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muminova Nigora Xayritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi milliy tekshirish tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi). 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: markaziy va periferik gemodinamika ko‘rsatkichlari buzilishining akusherlikdagi koagulopatik qon ketishlarga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gemostaz tizimi va bachodon-yo‘ldosh qon oqimi, ona markaziy gemodinamikasining funksional holatlari ko‘rsatkichlari me’erdan ortishiga to‘g‘ri proporsional trombogemorragik asoratlar rivojlanish xavfi yuzaga kelishi isbotlangan;
ilk bor gemostaz tizimi buzilishining birlamchi mexanizmida UPTQ ko‘rsatkichining keskin ortishi bilan bachadon va kindik arteriyasida SDN va RI ko‘rsatkichlarining mutanosib ravishda ortishiga bog‘liqligi isbotlangan;
periferik qon tomirlarda UPTQ,  bachadon arteriyalarida SDN va RI ko‘rsatkichlari hamda fibrin degidratatsiyasi mahsulotlari (D-dimer) miqdorining keskin ortishi fonida yurakning bir martalik va daqiqa hajmining kamayishi homiladorlik va tug‘ruq vaqtida tromboembolik asoratlar rivojlanishining bashoratlovchi  erta  markerlari  ekanligi asoslangan; 
gemostaz tizimi buzilgan ayollarda fibrinogen va PTI miqdorining ortishi xamda D-dimer darajasining keskin ko‘tarilishi fonida MNO miqdorining kamayishi homilador ayollar tomirlarida tromb hosil bo‘lishining katta xavfi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy va periferik gemodinamika ko‘rsatkichlari buzilishining akusherlikdagi koagulopatik qon ketishlarga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Trombofiliyaning markyorlari va ularning tug‘ruqdan keyin qon ketishining oldini olishdagi roli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 10 iyundagi 8n-d/67-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma xomiladorlarda trombofiliya bilan asoratlanishni erta tashxislash, tug‘ruqdan keyingi qon ketishini to‘xtatish va kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
xomiladorlarda markaziy va periferik gemodinamika ko‘rsatkichlari buzilishining koagulopatik qon ketishlarga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi va Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotlariga  joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 8n-z/137-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar xomiladorlarda akusherlik qon ketishini oldini olish, kasallik trombogen asoratlarini kamaytirish xisobiga onalar o‘limi ko‘rsatkichlarini pasaytirish hamda ularni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish bilan tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish