Turdiev Mashrab Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali nur kasalligida taloq morfometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifi va postnatal ontogenezda biostimulyator ta’siridagi o‘zgarishlari” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.2.PhD/Tib1132.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassalar nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSs/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Udochkina Larisa Al`bertovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Pavel Yozef Shafarik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: 
oq zotsiz kalamushlar talog‘i morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarining postnatal ontogenezdagi yoshga bog‘liq me’yoriy, surunkali nur kasalligi va ASD-2F biostimulyatori ta’siridagi o‘zgarishlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali nur kasalligi va ASD-2F biostimulyatori ta’sirida, tug‘ilgandan, 12 oylik davrgacha bo‘lgan oq kalamushlar talog‘i limfoid tuzilmalarining postnatal ontogenezdagi morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlili natijalari asoslangan;  
nurlanishning oq kalamushlar talog‘i limfoid tuzilmalariga salbiy ta’sir qilishi, buning nurlangan kalamushlar talog‘i oq pul`pasi nisbiy maydonining kamayishi bilan namoyon bo‘lishi asoslangan; 
surunkali nurlanish kasalligida taloq periarterial limfatik muftalari, limfatik tugunlari va ularning ko‘payish markazlari diametrining kamayishi, 3 oylik yoshdagi nurlangan kalamushlar talog‘i limfatik tugunlarida ko‘payish markazlarining yo‘qolishi, 3 oylik va 6 oylik yoshda esa limfatik tugunlarning me’yoriy shakldan  noto‘g‘ri shaklga o‘zgarishi isbotlangan;
nurlangan oq kalamushlar talog‘i limfatik tugunlari mantiya, chegara va periarterial sohalari  kengligining, oq pul`paning ko‘payish markaziga ega bo‘lmagan limfatik tugunlari va periarterial limfatik muftalaridagi limfotsitlar umumiy sonining kamayishi isbotlangan; 
ASD-2F biostimulyatorini surunkali nurlanish bilan bir vaqtda qo‘llash, preparatni nurlanishdan keyin qo‘llanilishiga nisbatan, taloqning funksional faoliyatiga samaraliroq ta’sir ko‘rsatishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Surunkali nur kasalligi va ASD-2F biostimulyatori ta’siridagi yoshga bog‘liq holda  oq kalamushlar talog‘ining postnatal ontogenezdagi morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Surunkali nur kasaligida va biostimulyator bilan korreksiya qilinganda taloq morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini aniqlash usuli” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/400-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma taloq limfoid tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash va surunkali nur kasalligi va uning asoratlarida ASD-2F biostimulyatorini qo‘llash usullari haqida tavsiyalar berish imkonini bergan;
“Surunkali nur kasalligida va postnatal ontogenezda taloq struktur o‘zgarishlarini aniqlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 noyabrdagi 8n-r/401-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali nurlanish vaqtida taloqdagi struktur o‘zgarishlarni aniqlash imkonini bergan;
surunkali nur kasalligi va ASD-2F biostimulyatori ta’siridagi yoshga bog‘liq holda oq kalamushlar talog‘ining postnatal ontogenezdagi morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali amaliy faoliyatiga, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi 8n-d/189-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy qilinishi, surunkali nur kasalligida, yoshga bog‘liq holda taloqning postnatal ontogenezdagi o‘zgarishlarini morfologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlash, bemorlarda kasalliklarning oldini olish, erta tashxislash va davolashning patogenetik usullarini ishlab chiqish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish