Odilova Gulnoza Komiljonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xususiy diskurslar lingvomadaniy talqinining nazariyasi va amaliyoti (glyuttonik diskurs misolida)», 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Fil239.
Ilmiy rahbar: Sayfullaeva Ra’no Raufovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Vladimer Il`ich Karasik, filologiya fanlari doktori, professor; Hakimov Muhammadxon Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shahobiddinova Shohida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: Dissertatsiyaning asosiy maqsadi xususiy diskurslarning lingvokul`turologik tavsifi muammolarini o‘rganish va hal etishga doir tavsiyalarni ishlab chiqishdandan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
glyuttonik diskurs istilohi, uning menyu, resept, taomnoma kabi janrlarining lingvistik xususiyatlari aniqlangan;
olamning milliy lisoniy manzarasini anglashda glyuttonik diskurs tahlilining ahamiyati ochib berilgan;
ilk bor glyuttonik diskursning tarix, lingvomadaniyatshunoslik, kognitiv lingvistika va boshqa sohalar bilan bog‘liqligi asoslangan;
o‘zbek va ingliz adabiyotida glyuttonik diskurs tahlilga tortilgan hamda o‘zbek adabiyotidagi non, suv, bug‘doy, dasturxon, o‘choq kabi glyuttonik stereotiplarning genezisi isbotlangan;
badiiy asarlardagi glyuttonik diskursni tarjimada qayta yaratish muammolarining nazariy va amaliy jihatlari asoslab berilgan;
«menyu» – taomnoma hamda «resept» ilk bor o‘zbek tilidagi glyuttonik diskursning mustaqil janri sifatida o‘rganilib, kulinariyaga oid terminologik lug‘at yaratish tamoyillari ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston va AQSh, Britaniya restoranlari taomnomalarining lingvokul`turologik tipologik va pragmatik xususiyatlari dalillangan;
O‘zbekistondagi xorijlik sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi restoran va oshxonalar uchun taomnoma va taomnoma tarjimasining lingvistik va stilistik baholash mezonlari yoritib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xususiy diskurslar lingvomadaniy talqinining nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
AQShning Viskonsn-Medison universitetida o‘qilgan «Food discourse in contemporary Uzbek literature» ma’ruzasida keltirilgan tavsiyalardan O‘zbek-Amerika tarjima loyihalarida o‘zbek adabiyotidan ingliz tiliga taom va tanovul mavzusidagi matnlar tarjimasiga oid tavsiyalardan foydalanilgan (Viskonsn-Medison universiteti 2018 yil 19 iyuldagi ma’lumotnomasi). Natijada AQSh Viskonsn Medison universiteti yozgi o‘zbek tili kursi amaliy mashg‘ulotlarida AQShlik talabalar tomonidan o‘zbek tilidagi hikoyalarni ingliz tiliga tarjima qilish jarayonida o‘zbek tilidagi taom diskursini asliyatga adekvat qayta yaratishga erishilgan;
o‘zbek milliy taomlarini chet tiliga tarjima qilishga oid amaliy tavsiyalardan O‘zbek-Italiya tarjima loyihalarida foydalanilgan (Ceo AQ International the Cultural Association Nrcr.it Italy assotsiatsiyasining 24 avgust 2019 da bergan ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda o‘tkazilgan Italiya taomlari haftaligida italyancha taomlar master-klassini o‘zbek tilida sharhlash va og‘zaki tarjima qilish, haftalik doirasida tayyorlangan italyancha taomnomani o‘zbek tiliga o‘girishda lingvistik xatoliklar yuzaga kelmagan;
o‘zbek va ingliz milliy taom nominantlari tarjimasiga oid xulosalardan 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan «Delicious Uzbekistan» («Lazzatli O‘zbekiston») birinchi O‘zbekiston kulinar ensiklopediyasi O‘zbekiston bo‘ylab 7 kunlik «Gastrotur» nomli loyihada foydalanilgan. Jumladan, mazkur tadqiqotda keltirilgan amaliy xulosalar birinchi o‘zbek kulinar ensiklopediyasini yaratishda qo‘l kelgan. Shuningdek, mazkur ensiklopediya so‘ngida keltirilgan o‘zbek-ingliz va rus tillaridagi birinchi kulinar terminologik lug‘atni tayyorlashda mazkur dissertatsiyaning «Kulinar glossariy tayyorlash tamoyillari» 4.4-bo‘limi asos bo‘lib xizmat qilgan (O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 8 oktyabrdagi 02-16/4721-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilida resept yozish nazariyasi yaratildi va birinchi o‘zbek kulinar ensiklopediyasining o‘zbek va ingliz tillaridagi matnlarida lingvistik xato va kamchiliklar bartaraf etildi. Mazkur kitob dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan kelgan 500 dan ziyod oshpazlar va soha mutaxassislari o‘rtasida (2019 yil 6 noyabr`) «Lazzatli O‘zbekiston 2019» xalqaro kulinar chempionati doirasida prezentatsiya qilindi hamda horijiy mutaxassislar e’tirofiga sazovvor bo‘ldi. Ushbu kulinar ensiklopediya o‘zbek pazandachiligini dunyoga targ‘ib etishda va sayyohlar o‘rtasida ommalashtirishda muhim ilmiy asoslangan nazariy va amaliy manba hisoblandi.
milliy glyuttonik pragmatonimlarni mantiqiy nomlash bilan bog‘liq natijalardan A-OT-2019-10 raqamli «O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihaning «Restoran va umumiy ovqatlanish korxonalari nomlari zaxirasini yaratish» bo‘limida foydalanilgan. Jumladan, mazkur tadqiqot ishining «Gastronomik sohaga oid matnlar tarjimasining lingvomadaniy muammolari» bobidagi «Glyuttonik pragmatonimlarning lingvistik xususiyatlari» bo‘limida keltirilgan O‘zbekiston hududida joylashgan restoranlarga nom berish motivatsiyalari tahlili va ilmiy xulosalari asosida loyiha doirasida umumiy ovqatlanish korxonalariga nom berishning lingvistik mezonlari ishlab chiqildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 sentyabrdagi 89-03-3594-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha yaratilgan neyming lingvistikasi nazariyasi hamda «Nom yaratishning milliy texnologiyasi» risolasiga «Restoran nomlarini mantiqiy nomlash» bo‘limi kiritish imkoni yaratilgan.
Dissertatsiyaning umumiy xulosalaridan, shuningdek, gastronomik servis sifatini oshirish maqsadida taomnomalar tarjimasini va dizaynini ekspertizadan o‘tkazuvchi Kengash tashkil etish to‘g‘risidagi takliflardan «O‘zbekiston Milliy tiklanish» demokratik partiyasi dasturi va saylovoldi platformasini yaratishda, partiya fraksiyasi tomonidan «O‘zbekistonda turizm sohasida servis ko‘rsatish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2020 yil 5 oktyabrdagi 01-243-son ma’lumotnomasi). Natijada 2019 yil O‘zbekiston Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan O‘zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasining «O‘zbekistonning gastronomik jozibadorligini oshirish gastrotourism.uz saytini yaratish» loyihasi hamda 2020 yil ofisiantlarning ingliz tili savodxonligi va xizmat ko‘rsatish onlayn malakasini oshirish uchun mo‘ljallangan servant.uz platformasini yaratish loyihalari amalga oshirilgan;
Dissertatsiya ilmiy natijalaridan “Ipak yo‘li turizm xalqaro universiteti”, Turizmni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari tomonidan yaratilgan 5.81.02.02 “Servis va turizm” 5.81.02.01”Turizm mutaxassisligi”ning malaka talablarini tayyorlashda foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish institutining 2020 yil 20 oktyabrdagi 11-147 son ma’lumotnomasi). Natijada turizm va servis ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha lisey va kollejlar uchun mo‘ljallangan restoran menejmenti va xizmat ko‘rsatish sohasi fan o‘quv dasturiga taomnoma yaratish, uni tuzish va tarjima qilishning lingvistik muammolariga oid mavzular kiritildi va o‘quv materiallari mazmuni boyitish imkonini bergan;
dissertatsiya ilmiy xulosalaridan «Tilga e’tibor», «Assalom, O‘zbekiston» teleko‘rsatuvlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan («O‘zbekiston» telekanalining 2020 yil 5 oktyabrdagi 233-76-15 son ma’lumotnomasi). Natijada ayni efirga uzatilgan ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va yangi manbalar bilan boyitish imkonini bergan.