Qodirov Nizomiddin Daminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Varikotseleni xirurgik davolashining turli usullarini qiyosiy baholash», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tib1056.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Azamat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarkand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Minaev Sergey Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Axmedov Yusufjon Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kirov davlat tibbiet universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda varikotsele kasalligini tashxislashda differensial yondashuvni ishlab chiqish va jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
varikotseleni antegrad endovaskulyar texnika yordamida chap moyak venasiga sklerozlovchi modda kiritish yo‘li bilan jarrohlik davolash usuli takomillashtirilgan; 
urug‘ tizimchasi tomirlaridagi gistostrukturaviy o‘zgarishlarni baholash bilan birga varikotseleda urug‘ venalariga xos patomorfologik xususiyatlar aniqlangan;
varikotsele bilan og‘rigan bemorlar organizmining individual xususiyatlarini hisobga olgan xolda davolash-diagnostik algoritmi ishlab chiqarilgan;
birlamchi jarrohlikda yo‘l ko‘yilgan texnik xatolar baxolangan, varikotseleni qaytalanishiga olib keluvchi anatomik va morfologik xavf omillari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Varikotsele bilan og‘rigan bemorlarga tashxis qo‘yish va jarrohlik davolashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Varikotsele bilan og‘rigan bemorlarni yuritish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 8n-r/391 ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma gemodinamik turini hisobga olgan holda varikotseleni jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasini tanlashni optimallashtirish imkonini bergan;
«Varikotseleni davolash usuli»ga Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan (Intellektual mulk agentligi №IAP 04234, 2010 yil). Ishlab chiqarilgan usul varikotseleni davolashda xirurgik muolajalarni qisqartirish va qaytalanish holatlarini kamaytirish imkonini bergan;
varikotsele bilan kasallangan bemorlarni diagnostika qilish va jarrohlik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand davlat tibbiyot institutining 1-va 2-klinikalari jarrohlik bo‘limlarida, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 8n-z/58-son ma’lumotnomasi). Natijada bevosita jarrohlikdan keyingi asoratlar chastotasini va qaytalanish darajasini kamaytirish orqali ko‘rsatilayotgan yordam sifatini oshish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish