Begmatova Ra’na Faxridinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis va o‘zbek tillaridagi yuklamalarning semantik, sintaktik va stilistik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.RhD/Fil342.
Ilmiy rahbar: Rizaev Bahodir Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Umarxodjaev Muxtar Ishanxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nemis va o‘zbek tillaridagi yuklamalarning semantik, sintaktik va stilistik xususiyatlarining o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
morfologik, semantik, sintaktik, stilistik, pragmatik, kognitiv va lingvomadaniy tasnif asosida nemis va o‘zbek tillariga oid yuklamalarning allomorf va izomorf xususiyatlari aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda yuklamalarning semantik, aksiologik, suggestiv, aktualizator, matn shakllantiruvchi, emotsional-ekspressivlik, modifikatorlik, interaktivlik funksiyalari ularning ma’no doirasini belgilovchi omil ekanligi isbotlangan;
yuklamalarning sintaktik munosabatga kirishayotgan yadrosi bilan birgalikda turli semantik, sintaktik, stilistik, kommunikativ va pragmatik ma’nolarni ifodalovchi vosita sifatida qo‘llanilishi asoslangan;
nemis va o‘zbek tillarida yuklamalarning stilistik aspektda xushmuomalalik, mulozamatlilik, izzat, ehtirom, siylov kabi funksional-izomorf xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tillar, xususan, nemis va o‘zbek tillari yuklamalari chog‘ishtirma tadqiqi natijasi asosida:
nazariy jihatdan nemis va o‘zbek tillarida yuklamalarning tadqiqiga oid morfologik, semantik, sintaktik, stilistik, pragmatik, kognitiv va lingvomadaniy tadqiqi mezonlariga doir ilmiy natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida olib borilgan OT – F8-062 sonli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘pta maxcuc ta’lim vazipligining 2020 yil 22 sentyabrdagi 89-03-2650-con ma’lumotnomaci). Natijada, yuklamalarning qo‘llanilishiga doir virtual resurslar yaratishga oid metodik tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
nemis va o‘zbek tillarida yuklamalar aksiologik, suggestiv, aktualizatorlik, matn shakllantiruvchilik, emotsional-ekspressivlik, modifikatorlik, interaktivlik va semantik funksiyalarni bajarishi ularning ma’no doirasini belgilashiga oid mezonlaridan Toshkentdagi Gyote instituti Nemis madaniyati markazi va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi” hamkorligida bajarilgan «Deutsch lehren lernen» xalqaro loyihasi va Buxoro davlat universiteti tomonidan yaratilgan «Deutsch-usbekisches Wörterbuch» nomli nemischa-o‘zbekcha lug‘atni shakllantirishda samarali foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 noyabr` 89-03-4298-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur lug‘at sohaga oid manba sifatida xizmat qilgan;
nemis tilini chet tili sifatida o‘qitishda tushunilishi qiyin bo‘lgan yuklamalarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning nutqda mavjud bo‘lgan dag‘allik, keskinlik, qo‘pollik mazmunini yumshatadigan, o‘zining sintaktik munosabatga kirishayotgan yadrosi bilan birgalikda kelib, turli sintaktik, semantik, stilistik, kommunikativ va pragmatik funksiyalarni bajaruvchi vosita sifatida ochib berishga oid ilmiy xulosalaridan IDT-1-107 raqamli «Xorijiy (fransuz, nemis, ispan) tillar bo‘yicha o‘qituvchi kadrlar va mutaxassis-filologlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida uzviylik hamda uzluksizlikni ta’minlovchi, o‘zbek realiyalarini aks ettiruvchi o‘quv-uslubiy majmualar va ularning elektron versiyasini yaratish» mavzuidagi amaliy loyiha doirasida yaratilgan «Deutsch integriert-1» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 89-03-4298-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’lumotlar darslikning sifatini oshirishga xizmat qilgan;
nemis va o‘zbek tillarida yuklamalar sertakalluflik markeri ekanligi, inson omili – barcha jarayonlarning diqqat markazida turishi, yuklamalarning uslubiy potensiali xushmuomalalik, hurmat kategoriyasining ifodasi sifatida axborotni mazmunli uzatish omili ekanligi xususidagi xulosa va echimlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Oʻzbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Bedorlik», «Ta’lim va taraqqiyot» dasturlarining 2019 yil sentyabr` oyidagi sonlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Oʻzbekiston» teleradiokanalining 2019 yil 24 sentyabrdagi Oʻz/R-04-25-1941 - son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur eshittirishlar ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy jihatdan boyigan, ommabopligi, ilmiyligi ta’minlangan.