Morxova Inessa Vyacheslavovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuzlikaeva El`zara Reshatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchining ijodiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchini kasbiy rivojlantirishning tarkibiy qismlari tizimli, kompetensiyaviy va shaxsiy-rivojlantiruvchi yondashuvlarni pedagogik sintezlash asosida taqomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy tiklanish modeli ijodiy kompetentlikni rivojlantirishning kasbiy-ta’limiy, faoliyatli-rivojlantiruvchi va shaxsiy-rivojlantiruvchi tarkibiy komponentlarini umumpedagogik tayyorgarlik tizimiga transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ijodiy kompetentligini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari tiklanish, pedagogik texnikaning analitik-prognostik, refleksiya, gnostik-konstruktiv ko‘nikmalarni loyihalashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchining ijodiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi modeli pedagogik jarayon bosqichlari, o‘quv-ijodiy faoliyat metodlari va shakllari majmuini aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak o‘qituvchining ijodiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy tavsiyalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchini kasbiy rivojlantirishning tarkibiy qismlarini tizimli, kompetensiyaviy va shaxsiy-rivojlantiruvchi yondashuvlar asosida rivojlantirishga oid takliflar Pedagogika bilim sohasi Davlat ta’lim standarti va malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 iyuldagi 89-03-2732-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchining ijodiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy tiklanish modeli hamda kasbiy-ta’limiy, faoliyatli-rivojlantiruvchi va shaxsiy-rivojlantiruvchi tarkibiy komponentlarini umumpedagogik tayyorgarlik tizimiga transformatsiyalashga oid takliflar “Teoriya i praktika obshhey pedagogiki” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 iyuldagi 89-03-2732-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning o‘qituvchilik kasbiga qiziqishi ortishiga xizmat qiladigan ilmiy-metodik baza yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchining ijodiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi hamda o‘quv-ijodiy faoliyat metodlari va shakllari majmuini aniqlashga oid takliflar “Sotsial`naya pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 iyundagi 87-03-1239-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu model` oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijodiy va kasbiy faolligi samaradorlik darajasi ortishiga xizmat qilgan.