Shasaidova Lola Shamaksudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xitoy tilida og‘zaki nutqni rivojlantirish usullari  (o‘yin metodlari asosida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xitoy tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.1.PhD/Ped815.
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01. 
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora O‘rinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ziyamuxamedov Jasur Tashpulatovich,filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi filologik yo‘nalish boshlang‘ich bosqich talabalarining xitoy tilida og‘zaki nutqini o‘yin metodlari asosida rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar og‘zaki nutqida uchraydigan  fonetik (segment va suprasegment darajadagi), leksik (pleonazm, so‘zlarni o‘z ma’nosida qo‘llamaslik), grammatik (morfologik, sintaktik) va lingvokul`turologik aspektga oid interferension xatolar error analysis metodi orqali aniqlangan;
o‘yin metodining didaktik komponenti sifatida eksteriorizatsion (imitativ, tahliliy – farqlash,  tezkor – mashg‘ulot,  konstruksiyalovchi, nutqni yuzaga keltiruvchi)usullarga asoslangan  kreativ  hamda trening mashqlar   taklif etilgan;
xitoy tilida og‘zaki nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan lingvodidaktik (lisoniy, nutqiy, madaniyatlararo muloqot) o‘yinlar tipologiyasi modellashtirish metodi orqali takomillashtirilgan;
ilk bor talabalarning xitoy tilida og‘zaki nutqini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘yin-topshiriqlarning metodik ta’minoti til aspektlari va nutq faoliyati turlari  integratsiyasi asosida innovatsion art texnologiyalar (dramaterapiya, videoterapiya, psixogimnastik mashqlar) hamda vizual organayzerlar orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
xitoy tilida og‘zaki nutqni rivojlantirish usullari  (o‘yin metodlari asosida) yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy natijalar asosida:
error analysis metodi orqali aniqlangan talabalar og‘zaki nutqida uchraydigan  fonetik (segment va suprasegment darajadagi),  leksik (pleonazm, so‘zlarni o‘z ma’nosida qo‘llamaslik), grammatik (morfologik, sintaktik) va lingvokul`turologik aspektga oid interferension xatolar tasnifidan “Bir makon, bir yo‘l”  xalqaro loyiha doirasida  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 10 iyuldagi 01-12-14-2799-son ma’lumotnomasi). Natijada, xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha  ishlab chiqilgan  metodik va didaktik tamoyillar madaniyatlararo muloqot doirasida ommalashtirilgan;
o‘yin metodining didaktik komponenti sifatida taklif etilgan  xitoy tilida og‘zaki nutqni rivojlantirishda qo‘llaniladigan eksteriorizatsion (imitativ, tahliliy – farqlash,  tezkor – mashg‘ulot,  konstruksiyalovchi, nutqni yuzaga keltiruvchi)usullarga asoslangan kreativ hamda trening mashqlar tizimidan o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish hamda “Xitoy tili” fani o‘quv dasturlarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2020 yil 26 noyabrdagi 01-07-1441-son ma’lumotnomasi, TDShI huzuridagi Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy  institutining 2019 yil 23 dekabrdagi 220/19-son ma’lumotnomasi, Xitoy Xalq Respublikasi G‘arb va Sharq millatlari universiteti va  Lanjou shahri Madaniyatlararo muloqot va tarjima instituti tomonidan berilgan ma’lumotnoma). Natijada, xitoy tiliga o‘qitishning metodik ta’minoti boyitilgan holda talabalarning  og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
modellashtirish metodi orqali takomillashtirilgan xitoy tilida og‘zaki nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan lingvodidaktik (lisoniy, nutqiy, madaniyatlararo muloqot) o‘yinlar tipologiyasidan Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining “Sharq filologiyasini o‘qitishning zamonaviy metodlari” modulining o‘quv dasturi va o‘quv-uslubiy majmualarini takomillashtirishda foydalanilgan  (Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 2020 yil 12 iyundagi 10-05/68-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagog kadrlarning malakasini oshirish kurslari mashg‘ulotlari mazmunan boyitilgan;
til aspektlari va nutq faoliyati turlari integratsiyasi asosida innovatsion art texnologiyalar (dramaterapiya, videoterapiya,  psixogimnastik mashqlar)  hamda vizual organayzerlar orqalitakomillashtirilgan o‘yin-topshiriqlarning metodik ta’minotidan “Jahon bankining Akademik innovatsiyalar fondi granti asosida amalga oshirilgan AIF-1/2 raqamli “Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda klasterli yondashuv:  Guliston davlat universiteti va  ishlab chiqarish integratsiyasi  tizimida “O‘quv-ilmiy kompleks” tashkil etish” mavzusidagi loyihada “O‘quv-ilmiy kompleks” yaratish bilan bog‘liq texnologik  va metodik ishlanmalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 iyuldagi 89-03-2397-son ma’lumotnomasi). Natijada,mazkur takliflarning   joriy qilinishi o‘quv materiallarining tizimlashtirilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish