Abduraxmonova Zuxra Abduraxmon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smir yoshdagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari» 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped152.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlatpedagogika universiteti.
IK faoliyatko‘rsatayotganmuassasanomi, IK raqami: Toshkentdavlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Norkulova Nargiza Toshpulatovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smir yoshdagio‘quvchilar xulq-atvoriga ta’sir etuvchi sanogen tafakkurning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tarkib topishiga ta’sir etuvchi amaliy imkoniyatlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish omillaridan-sog‘lom muhit, rostgo‘ylik, inson qadr-qimmati, sabr-qanoat, komponentlari-refleksiv, regulyativ, maqsadga yo‘nalganlik, shaxsning anglangan faoliyati, hissiy iroda, hissiyotlarini nazorat qilish ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasi asosida aniqlashtirilgan;
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurning rivojlanganligi shaxs xulq-atvoriga bog‘liqligi “Ijtimoiy tafakkurni o‘rganish” psixologik so‘rovnomasi asosida aniqlangan;
sanogen tafakkurga oid nazariy bilim egallash, o‘quvchilar ijtimoiy hulq-atvorini korreksiyalash va rivojlantirish psixokorreksion trening vositasida rivojlanishi aniqlangan;
o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish, shaxs xususiyatlari va xulq-atvoriga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar ta’lim jarayoni, shaxslararo munosabatlar, kasbiy kamolot kabi ijtimoiy omillar bilan bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘smir yoshdagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishga doir ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda oilada ma’naviy sog‘lom muhitni yaratish, bolani yoshligidan o‘qib o‘rganishga odatlantirish, yoshlikdan halollik, to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik fazilatlari, inson qadr-qimmati, vafo, sadoqat, sabr-qanoat, shukronalik tuyg‘ularini shakllantirish kabi sanogen tafakkurni rivojlantirish omillari, refleksiv, regulyativ, maqsadga yo‘nalganlik kabi komponentlari, shaxsning anglangan faoliyati, hissiy iroda, hissiyotlarini nazorat qilishi kabi mezonlari Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi 5-buyrug‘i bilan“Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi P-M-5g ma’lumotnomasi).Natijada, ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarni shakllantirish hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
sanogen tafakkur komponentlari va mezonlarini ochib berishga yo‘naltirilgan “Ijtimoiy tafakkurni o‘rganish” psixologik so‘rovnomasi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi 5-buyrug‘i bilan “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi P-M-5g ma’lumotnomasi).Natijada,o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish didakt ta’minotini takomillashtirishga erishgan;
sanogen tafakkurga oid nazariy bilim egallash, o‘quvchilar ijtimoiy xulq-atvorini psixodiagnostika qilish hamda rivojlantirish samaradorligini oshirish maqsadida korreksion dasturiy ta’minot Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi 5-buyrug‘i bilan “Psixokonsul`tatsiya. Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi P-M-5g ma’lumotnomasi).Natijada,amaliyotchi psixologlarning o‘smirlik davridagi o‘quvchilarda “sanogen tafakkur”ni rivojlanish dinamikasiga oid kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurning shaxs xususiyatlari va xulq-atvor tuzilmasiga bog‘liqligini o‘rganishga doir ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalarToshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi 5-buyrug‘i bilan “Psixogigiena” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi P-M-5g ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi pedagog-psixologlarda o‘smirlik davrida sanogen tafakkur namoyon bo‘lishini prognoz qilish imkoniyati kengaytirilgan.