O‘razbaev Ne’mat Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligi tizimining shakillanishi va rivojlanish bosqichlari (XX-XXI asr boshlari)” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tar300.
Ilmiyrahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarixfanlaridoktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiyopponentlar: Rajabov Qaxramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor;Hasanov Baxtiyor Vaxobovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligi tizimining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy taraqqiyot davomida yong‘inlar mahalliy aholi yordamida bartaraf etilgan bo‘lishiga qaramay, mintaqada yong‘in xavfsizligi sohasi dastlab ko‘ngillilardan iborat o‘t o‘chiruvchilar jamoasi (“Erkin o‘t o‘chiruvchilar jamiyati”) sifatida paydo bo‘lgan harakat bo‘lib, keyinchalik mazkur faoliyat natijasida XX asr boshida rasmiy maqomga ega tuzilmaga aylanganligi isbotlangan;
sobiq sovet hokimiyati davrida O‘zbekistonning paxtachilikka ixtisoslashuvi natijasida yong‘inlar soni ko‘payib borishi, yong‘inlarning avj olishiga o‘t o‘chiruvchi xodimlarning ko‘pincha suv va texnika vositalarni yaxshi bilmasligi, yong‘inni kech payqab qolinishi, o‘t o‘chirishning yomon tashkil etilganligi, qismlarning uyushqoqlik bilan ishlamaganliklari sabab bo‘lganligi dalillangan;
sobiq sovet davrida sohada kadrlar masalasi doimiy muammolardan bo‘lib, mutaxassislar etishmasligi, o‘quv kurslarining mavjud emasligi, sanoatning kuchayishi barobarida yong‘in xavfining ortib borishi bilan tizimda moddiy-texnik bazaning talab darajasida bo‘lmasligi (sohada mavjud bo‘lgan moddiy ehtiyojlarga davlat tomonidan etarli mablag‘ ajratilmaganligi) tuzilmaning orqada qolib ketishiga sabab bo‘lganligi asoslangan;
mustaqillik yillarida mamlakatni bozor iqtisodiyoti munosabatlari asosida rivojlantirish ishlari yong‘in xavfsizligi tizimining mamlakat xalq xo‘jaligini barcha tarmoqlarida yong‘inlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi faoliyatini takomillashib borishiga, kadrlar tayyorlashda yong‘in nazorati va profilaktika ishlarini tashkil qilish, professional tayyorgarlik, sanoat va yong‘in xavfsizligi faoliyatini nazorat qilishga e’tibor qaratilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda yong‘in xafvsizligi tizimining shakillanishi va rivojlanish bosqichlarini tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligi xizmatining shakllanish tarixi, tarkibiy tuzilishi va vazifalari, mustaqillik yillari yong‘in xavfsizligi xizmati tizimida amalga oshirilgan islohotlar, kadrlar tayyorlash va uning natijalari, yong‘in xavfsizligi xizmatining yong‘inlar oldini olish borasidagi tashviqot-targ‘ibot ishlari, uning natijalariga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ichki ishlar organlari tarixi muzeyining “Yong‘in xavfsizligi xizmati” va “Yong‘in xavfsizligi instituti”ga bag‘ishlangan ekspozisiyalarni shakllantirishda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019 yil 12 apreldagi 2/1464-son ma’lumotnomasi).Qo‘llanilgan natijalar mazkur davrni faktik materiallar, manbalar va ma’lumotlar bilan to‘ldirishga, yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining faoliyatini ilmiy asosda yoritishga xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida mamlakatni bozor iqtisodiyoti munosabatlari asosida rivojlantirish ishlari yong‘in xavfsizligi tizimining mamlakat xalq xo‘jaligini barcha tarmoqlarida yong‘inlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi faoliyatini yoritish masalalariga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligi tarixi”dan ilmiy ma’lumotlar bazasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 yanvardagi 89-03-210-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar Yong‘in xavfsizligi Akademiyasida “O‘zbekiston tarixi” fanidan XX-XXI asr boshlariga oid sohaga tegishli manbalarni tadqiq etishda, arxiv hujjatlari va eksponatlarini shakllantirishda, sohaga oid o‘quv uslubiy qo‘llanma, darslik, monografiyalar va boshqa turdagi o‘quv materiallarini tayyorlashga xizmat qilgan;
yong‘in xavfsizligining oldini olish va unga qarshi kurashishga doir tadqiqotlar tahlili bo‘yicha ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “Mahalla” telekanalining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzusidagi “Mashvarat” ko‘rsatuvining ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “Mahalla” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2018 yil 3 dekabrdagi 02-02-493-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda mustaqillik yillarida yong‘in xavfsizligi tizimining yangidan shakllanishi, aholi hayoti va sog‘ligi, davlat, jismoniy va yuridik shaxslar mulkini ishonchli saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash, insonlar hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish borasida yong‘in xavfsizlik xizmatining o‘rni haqidagi ma’lumotlar etkazilib, bugungi obod va farovon hayotning qadriga etish, shukronalik tuyg‘usining mustahkamlanishiga xizmat qilgan.