Ahmedova Rashidaxon Muqimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sanatoriy va kurort muassasalarining faoliyati (1925-1991 yy.)” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tar300.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ishanxodjaeva Zamira Raimovna, tarix fanlari doktori, professor; Mo‘minova Gavxar Esonovna, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1925-1991 yillarda O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan kurort va sanatoriylar tarixiniochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda sanatoriy va kurortlar shakllanishi jarayoni uchta bosqichda amalga oshirilib, unda dastlab umumiy sog‘lomlashtirish sanatoriyalarining tashkil topishi; sil kasaliga chalingan bemorlarni davolovchi sanatoriyalarning faoliyati hamda ma’lum bir kasalliklar bo‘yicha maxsus sanatoriylarning shakllanishi bilan bog‘liq holatlar isbotlangan;
ushbu tizimda ilmiy tadqiqotlarning yo‘lga qo‘yilishi va amalga oshirilgan ishlar natijasida ma’lum bir kasallikka chalingan bemorlarni davolovchi sanatoriylar vujudga kelganligi, mazkur tuzilmalar geografiyasi ko‘rsatilishi orqali ushbu shifo maskanlari, asosan, mineral resurslar mavjud hududlarda barpo qilinganligi asoslangan;
kurort hamda sanatoriy faoliyatidagi boshqaruv bir nechta muassasalar (Sog‘liqni saqlash vazirligi, kasaba uyushmasi va boshqa turli vazirliklar) tomonidan olib borilganligi oqibatida mazkur shifo maskanlarining faoliyatini muvofiqlashtirish sust bo‘lganligi va natijada aholini sog‘lomlashtirish muassasalarini qamrab olish jarayonlarida qiyinchiliklar yuzaga kelganligi dalillangan;
sanatoriy va kurortlarning moddiy-texnik bazasi yaxshi bo‘lmaganligi, kadrlar etishmaganligi hamda ijtimoiy infrastruktura etarli darajada rivojlanmaganligi natijasida shifo maskanlari, asosan, dam olish muassasalariga aylanib qolganligi hamda aholiga etarlicha tibbiy xizmat ko‘rsatilmaslik holatlari ham uchrab turganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
1925-1991 yillarda O‘zbekistonda sanatoriy va kurort muassasalarining faoliyati hamda rivojlanishini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonda sanatoriy-kurort tizimining vujudga kelishi va rivojlanishining tarixiy jarayonlari, dastlabki shifo maskanlarining vujudga kelishi, sobiq Sovet Ittifoqi hukmronligi yillarida sanatoriy-kurort sohasining rivojlanishi, ilmiy ekspedisiyalar va ilmiy-tadqiqot ishlarining mohiyatini aks ettiruvchi ma’lumotlardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Tibbiyot tarixi” bo‘limini sohaga oid yangi eksponatlar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 10 fevraldagi 01-12-10-604-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashidagi Sanatoriy-kurortlar boshqarmasining 2020 yil 20 iyuldagi AA.05/203-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi O‘zbekistonda sanatoriy va kurortlar tarixining o‘ziga xos tomonlari yoritilgan fotosuratlar va arxiv manbalari asosida yangi ekspozisiyalarni yaratish va keng ommaga taqdim etish imkoniyatini yaratgan;
O‘zbekistonda sanatoriy va kurortlar shakllanishi jarayoni uchta bosqichda amalga oshirilishi, umumiy sog‘lomlashtirish sanatoriyalarining tashkil topishi, sil kasaliga chalingan bemorlarni davolovchi sanatoriyalarning faoliyati, ma’lum bir kasalliklar bo‘yicha maxsus sanatoriylarning shakllanishi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2020 yil 6 fevralda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2020 yil 10 fevraldagi 02-40-312-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar teletomoshabinlarda O‘zbekistonda sanatoriy va kurort muassasalarining faoliyati to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;
kurort hamda sanatoriy faoliyatidagi faoliyatini muvofiqlashtirish tizimi, aholini sog‘lomlashtirish muassasalarining qamrovi, sanatoriy va kurortlarning moddiy-texnik bazasi, kadrlar va ijtimoiy infrastruktura masalalariga oid ilmiy xulosa va natijalardan “O’zbekiston tarixi” telekanalida 2020 yil 27 fevralda efirga uzatilgan “Tabobat tarixi” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2020 yil 28 fevraldagi 13-13-442-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarning sanatoriy va kurortlar tarixi to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitishga hamda yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan.