Amirov Elmurod Mansuriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Auminza tog‘lari (Markaziy Qizilqum) intruziv komplekslarining petrologik-geokimyoviy xususiyatlari», 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/GM70.
Ilmiy rahbar: Karabaev Mamatxan Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Axundjanov Raxmadjan, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Shermuhamedov To‘lqin Zokirovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Auminza tog‘ida tarqalgan intruziv tog‘ jinslari petrografik-mineralogik va geokimyoviy xususiyatlarining o‘ziga xos jihatlarini aniqlab ma’danlashuvga alokadorligini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Auminza tog‘larida tarqalgan barcha magmatik hosilalarning petrografik-petrokimyoviy xususiyatlari aniklangan;
ilk bor Janubiy Auminzada petrografik tarkibi, tekstura-strukturaviy xususiyatlari va hosil bo‘lish sharoiti bo‘yicha o‘ziga xos bo‘lgan, kam uchrovchi magmatogen hosilalar - tuffizitli brekchiya diatremasi aniqlangan;
ilk bor barcha magmatik tog‘ jinslarining jins hosil qiluvchi, ma’danli va aksessor minerallari tarkiblari zamonaviy usullarda aniqlangan;
Auminza tog‘laridagi alohida magmatik tog‘ jinslari bilan oltin ma’danlarining o‘zaro petrogeokimyoviy aloqadorligi aniqlangan va qidiruv-bashoratlash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Auminza tog‘lari intruziv komplekslarining magmatik hosilalarini yalpi petrologik-geokimyoviy xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Auminza tog‘lari intruziv tog‘ jinslarining petrografik, petrokimyoviy va geokimyoviy xususiyatlari, jumladan magmatizmning kechki fazalariga taalluqli granit va leykogranitlarning aksessor minerallar majmuasi va qalay, molibden, selen, volfram, margimushning miqdoriy ko‘rsatkichlari “Urankamyobmetgeologiya” DUKda geologik xaritalash va qidiruv ishlarida joriy qilingan (Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 18 avgustdagi 03/06-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududdagi magmatik komplekslar hosilalarini batafsil tavsiflash imkonini bergan;
maydonda yangi turdagi tog‘ jinslari - tuffizitlar aniqlanishi hamda turli xil magmatik hosilalarni petrologik tavsiflash bo‘yicha olingan natijalar “Urankamyobmetgeologiya” DUKda turli miqyosli geologik-strukturaviy xaritalash ishlarida joriy qilingan (Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 18 avgustdagi 03/06-son ma’lumotnomasi). Natijada, Auminza tog‘larining magmatizm sxemasini takomillashtirish imkonini bergan;
Auminza tog‘laridagi intruziv magmatik tog‘ jinslari va ma’danlashuv zonalarida asosiy va hamroh elementlarning (oltin, margimush, selen, surma, kumush va tellur) tarqalish xususiyatlari asosida tavsiya etilgan qidiruv mezonlari “Urankamyobmetgeologiya” DUKda metallogenik bashoratlash xaritalarini ishlab chiqish va foydali qazilmalarni izlashda joriy qilingan (Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 18 avgustdagi 03/06-son ma’lumotnomasi). Natijada, geologik va metallogenik bashoratlash xaritalarini tuzish ishlarida qo‘llash imkonini bergan.