Rajabov To‘xtasin Ibodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida buxoro bolalar fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishning ilmiy-metodik imkoniyatlarini takomillashtirish (1-4-sinflar misolida)», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD./Ped232.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Madrimov Bahrom Xudoynazarovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Kiyamov Nishon Sodikovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Mustafaev Shomurod Normuminovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarining 1-4-sinf musiqa darslarida Buxoro bolalar fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishning metodik imkoniyatlarini tadqiq qilish hamda o‘rgatish imkoniyatlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa darslarida Buxoro bolalar fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishning metodik muammolari o‘quv mazmunida milliy meros namunalari va xalqning uzoq yillik tarixiy tajribasi, musiqa yo‘nalishi mutafakkirlarining ijod mahsullarini ifodalash, malakaviy bilimlarni tizimlashtirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bolalar fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatish metodlarini tanlash (namunalar, ovoz diapazoni, ovoz kuchi, vokal-xor malakalari, tushunarlilik, tarbiyaviy ta’sirchanlik, ijro sharoitlari) va hamkorlikda ishlash (qiziqtirish, ijro etish, tahlil, bo‘laklash, baholash, xulosalash) bosqichlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy shakllantirish tuzilmasi musiqa darsida Buxoro bolalar fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishning ta’limiy va tarbiyaviy ta’sir imkoniyatlari (Vatan va xalqqa muhabbat, mehnatga munosabat, jamiyat va uning a’zolariga munosabat, estetik tafakkurni oshirish) mazmunini ochib berish asosida takomillashtirilgan;
bolalar fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishga (mashg‘ulotlarni loyihalash, musiqa o‘qituvchilari malakasini oshirish) oid metodik tavsiyalar xalq qo‘shiqlari va og‘zaki ijod namunalarining o‘quvchilar ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishning konseptual psixologik-pedagogik shart-sharoitlari (qiziqish, idrok, qobiliyat, badiiy-estetik tafakkur, maqsadga yo‘nalganlik, ijodiy muhit)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Buxoro bolalar fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishning ilmiy-metodik imkoniyatlarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa darslarida Buxoro bolalar fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishning metodik muammolari, o‘quv mazmunida milliy meros namunalari va xalqning uzoq yillik tarixiy tajribasi, musiqa yo‘nalishi mutafakkirlarining ijod mahsullarini ifodalash, malakaviy bilimlarni tizimlashtirishga oid takliflardan 2014-2015 yillarda bajarilgan “Yoshlarda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni milliy qadriyatlar negizida shakllantirish yo‘nalishidagi tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida mul`timedia o‘quv qo‘llanmasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 apreldagi 89-03-1527-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha musiqa ta’limida ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalashga oid faoliyatlar mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy shakllantirish tuzilmasi, musiqa darsida Buxoro bolalar fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishning ta’limiy va tarbiyaviy ta’sir imkoniyatlari, bolalar fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatish metodlarini takomillashtirish, tanlash va hamkorlikda ishlash bosqichlariga oid takliflar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son Qarori bilan tasdiqlangan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 06 yanvardagi 03-ich-son buyrug‘i). Ushbu hujjat ma’naviy tarbiya tizimini yanada rivojlantirish doirasida o‘quvchilarning boy madaniy me’rosimizga bo‘lgan munosabatini shakllantirish, milliy fazilatlarni avloddan-avlodga etkazishga xizmat qiladi;
bolalar fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatishga (mashg‘ulotlarni loyihalash,musiqa o‘qituvchilari malakasini oshirish)ga oid metodik tavsiyalar, xalq qo‘shiqlari va og‘zaki ijod namunalarining o‘quvchilar ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishning konseptual psixologik-pedagogik shart–sharoitlariga oid takliflar asosida ”Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Buxoro fol`klor qo‘shiqlarini o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 apreldagi 89-03-1527-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1-4-sinf o‘quvchilarini Buxoro bolalar fol`klor qo‘shiqlari vositasida ma’naviy-axloqiy shakllantirish, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning musiqaviy qobiliyati, qiziqish va dunyoqarashi samaradorligini oshirish imkoniyati oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish