Mustafakulov Davron Mamatkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sho‘rlangan tuproqlar sharoitida sudan o‘tidan yuqori hosil etishtirish texnologiyasini ayrim elementlarini takomillashtirish”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx419.
Ilmiy rahbar: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/28.08.2020.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Teshaev Fatulla Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Azizov Kobiljon Kaxramonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sirdaryo viloyatining sho‘rlangan tuproqlarida sudan o‘tidan yuqori ko‘k massa hosilini ta’minlaydigan ekish me’yori, muddati, o‘rish muddatining hamda beda bilan qo‘shib ekishda maqbul ekish me’yorlarini aniqlash va ilmiy asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Sirdaryo viloyatining sho‘rlangan tuproqlari sharoitida sudan o‘ti sof holda ekilganda o‘sishi, rivojlanishi va hosil shakllanish sharoiti aniqlangan;
sho‘rlangan tuproqlar sharoitida sudan o‘tini beda bilan aralash holda ekilganda o‘sishi, rivojlanishi va hosil shakllanish sharoiti aniqlangan;
sudan o‘tining o‘sishi, rivojlanishi, yuqori sifatli hosil shakllanishini ta’minlovchi maqbul ekish me’yori, ekish va o‘rish muddatlari aniqlangan;
sudan o‘tini beda bilan qo‘shib ekishda maqbul ekish me’yorini qo‘llash ekinlarning saqlanish darajasiga va hosildorligi hamda ko‘kat to‘yimligi, shuningdek, ozuqa sifatini yaxshilanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sho‘rlangan tuproqlar sharoitida sudan o‘tidan yuqori hosil etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida:
chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Sudan o‘tini etishtirish bo‘yicha tavsiyanoma (Sirdaryo viloyati misolida)” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 1 dekabrdagi 02/022-1-4100-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Sirdaryo viloyati sharoitida fermer xo‘jaliklarida chorva mollari uchun sifatli ozuqa bazasini yaratish, pichan jamg‘arish, sudan o‘tini sof holda hamda beda bilan qo‘shib ekib etishtirish, shuningdek, sho‘rlangan tuproqlardan hamda g‘alla maydonlaridan bo‘shagan erlardan samarali foydalanishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
sudan o‘tini sof holda 25 kg/ga meyo’rda ekish ishlanmasi Sirdaryo viloyatining Xovos tumanidagi “Avazbek Ma’murov” fermer xo‘jaligida 8,0 gektar, Oqoltin tumanidagi “EXPORT MELON” MChJga qarashli 9,0 gektar, jami 17 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 1 dekabrdagi 02/022-1-4100-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida sudan o‘tini barcha o‘rish fazalarida ko‘kat va pichan hosili 224,8-231,5 s/ga, iqtisodiy samaradorlik 106,6%ni tashkil etgan;
sudan o‘tini maqbul muddatda ekish ishlanmasi Sirdaryo viloyatining Xovos tumanidagi “Avazbek Ma’murov” fermer xo‘jaligida 8,0 gektar, Oqoltin tumanidagi “EXPORT MELON” MChJga qarashli 10,0 gektar, jami 18 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 1 dekabrdagi 02/022-1-4100-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida eng maqbul muddat – aprel`-may oylarida ekilganda 612-548 s/ga ko‘kat yoki 204,0-182 s/ga pichan hosili olingan, rentabellik 117,0% ni tashkil etgan;
sudan o‘tini beda bilan qo‘shib ekish ishlanmasi Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi “Ziyovuddin chorva” fermer xo‘jaligi 4,5 gektar, Boyovut tumanidagi “Axmadiy” fermer xo‘jaligida 17 gektar, jami 21,5 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 1 dekabrdagi 02/022-1-4100-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida beda sof holda ekilganga nisbatan sudan o‘ti 20 kg + beda 16 kg qo‘shib ekilganda hosildorlik 20-22% ga ortgan, iqtisodiy samaradorlik 124,2%ni tashkil etgan.