Xasanova Xurshida Naimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida organik kimyo fanini o‘qitishda innovatsion usullardan foydalanish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1129.
Ilmiy rahbar: Nurmonov Suvonqul Erxonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.K.02.05. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Omonov Hojiqul Tovbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nishonov Mirkozim, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida organik kimyo fanini o‘qitishda innovatsion usullardan foydalanishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktablarda organik kimyo fanini o‘qitishda foydalanish uchun o‘quvchilar yoshi va dunyoqarashiga moslashtirilgan, ularda ijodkorlik va mantiqiy tafakkurni rivojlantiradigan faoliyat turlarini (o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqot) zamonaviy ta’lim texnologiyalari (evristik, loyihalash individuallashtirib o‘qitish, guruhlarga bo‘lib o‘qitish, hamkorlikda o‘qitish) bilan uyg‘unlashgan holda qo‘llashning ilmiy asoslari keltirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida organik kimyoni o‘qitishda bilimlarni o‘zlashtirish darajasini ob’ektiv va sub’ektiv nazorat qilish va sifatli baholashga imkon beradigan innovatsion ta’limiy topshiriqlardan iborat didaktik o‘yinlarning tizimli strukturasi (o‘quvchilarda hayotiy kompetensiyalar, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradigan, tafakkur va faoliyatni uyg‘unlashtiradigan) yaratilgan;
o‘quvchilarda organik kimyo faniga oid “Kimyoviy jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish”, “Amaliyotga joriy qilish” kompetensiyalarini rivojlantirish orqali o‘quv jarayonini optimal boshqarishning konseptual asoslarini takomillashtiradigan bir qator yangicha innovatsion usullar, jumladan, “Intellekt xarita”, ”Kvest” va “Kontekst matnli topshiriqlar” usullari, mavzuni birlamchi mustahkamlash bosqichida qo‘llaniladigan “Tezkor savol-javob” usulining bir qancha yangicha ko‘rinishlari (“To‘rt, to‘rt, to‘rt”, “Raqamlar so‘zlaganda”, “Proektiv topishmoq” va boshqalar) tavsiya etilgan;
organik kimyo fanini axborot muhitida o‘qitishda o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishni oshiradigan va bu orqali ularda muayyan malakalarni (intellektual, axborotlar bilan ishlash, tashkilotchilik) rivojlantiradigan, badiiy adabiyot (she’r, topishmoq, shiorlar) va san’at (rasm, jadval, chizmalar) bilan uyg‘unlikda ta’lim jarayonini samarali tashkil qilishga imkon beradigan yangicha ko‘rinishdagi topshiriqlar tayyorlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida organik kimyoni o‘qitishda innovatsion usullardan foydalanishga doir tadqiqot natijalari asosida:
organik birikmalarning ishlatilish sohalari, biologik ahamiyati kabi jihatlarini kundalik hayotiy misollar asosida tushuntirish umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Kimyo” fani bo‘yicha Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda hamda darsliklarda mavzularni yoritishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 13.01.2020 yildagi 01/11-01/6-23 son ma’lumotnomasi). Natijada, Davlat ta’lim standarti va darsliklarning sifati ortgan;
yaratilgan elektron ta’lim resursi asosida innovatsiyalardan foydalanishning motivatsion, nazariya va amaliyotni birlashtirishga imkon beradigan, hamda o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashga xizmat qiladigan vositalar ta’lim jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 13.01.2020 yildagi 01/11-01/6-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu taklif organik kimyo fanini o‘qitish tizimini takomillashtirish imkonini bergan