Muxametdjanova Shoira Abdusamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metallarni ajratib olish unumini oshirish maqsadida mis sanoatidagi konverter shlaklarini qayta ishlash samarali texnologiyasini yaratish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Radioaktiv, kamyob va nodir elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T723.
Ilmiy rahbar: Yakubov Maxmudjon Maxamadjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: misni pirometallurgiya usulida ishlab chiqarishda konverterlash jarayoni texnologiyasini takomillashtirish, kontsentratdan tayyor mahsulotgacha mis ajratib olish darajasini ko‘paytirish, shu bilan birga konvertor shlaklarini texnogen ishlab chiqarish chiqindilari bilan kambag‘allashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mis shteynlarini konverterlash jarayonida konvertor shlaklarining kambag‘allashtirish uchun tarkibida uch valentli temir oksidining 40-50% ni ikki valentli darajaga kamaytirish natijasida, sanoat chiqindilarida mavjud bo‘lgan tiklovchi moddalar elementlari bilan sodir bo‘lishi aniqlangan;
1250 °S haroratda, quydagi tarkibli,%: Fe3O4 - 24, SiO2 - 25, FeO -51 bo‘lgan konvertor shlaklarini kambag‘allashtirish asosida,temir, uglerod va rux ishlab chiqarishning texnogen chiqindisi - klinker bilan tiklanganda 3 dan 5 minutgacha bo‘lgan vaqtda mis tarkibining 30-40% ga kamayganligi aniqlangan;
konvertor shlaklarining gravitatsiya usuli bilan boyitish natijasida olingan gravitatsion boytimani oltin tarkibli xomashyo sifatida, flyuslar bilan konvertorga yuklash va chiqindilarni esa flotatsiyaga o‘tkazish mumkinligi aniqlangan;
pirometallurgiya usuli bilan mis ishlab chiqarishda mis boyitmasini olish uchun va boyitma tarkibiga misning o‘tish miqdorini 50% dan 82% gacha oshirish maqsadida konvertor shlaklarini qayta ishlashning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metallarni ajratib olish unumini oshirish maqsadida mis sanoatidagi konverter shlaklarini qayta ishlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mis shteynlarini konverterlash jarayonida sanoat texnogen chiqindilari tarkibida bo‘lgan temir va uglerod kabi tiklovchi moddalar yordamida konvertor shlaklaridagi magnetit tarkibini, uni vyustitgacha tiklanishi yordamida, kamaytirish texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJning mis eritish zavodida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2020 yil 23 iyundagi XA-004820-son ma’lumotnomasi). Natijada, metallarning yo‘qotilishini kamaytirish imkonini bergan;
sanoat chiqindilari yordamida konverterlarda mis shteynlarini konverterlash jarayonida konvertor shlaklarini kambag‘allashtirish texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJning mis eritish zavodida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2020 yil 23 iyundagi XA-004820-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall hosildorligini oshirish, shuningdek, texnogen chiqindilarni tiklovchi vosita, rangli va qimmatbaho metallarning xomashyosi sifatida ishlatish imkonini bergan.