Inatov Nurbek Komiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubi-g‘arbiy Hisor tog‘ tizmalari chuqurlik tuzilishining xususiyatlari», 04.00.06 – Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/GM40. 
Ilmiy rahbar: Sidorova Irina Petrovna, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.GM/FM.97.01. 
Rasmiy opponentlar: Radjabov Shuxrat Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Alimuxamedov Il`xom Mizratovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubi-g‘arbiy Hisor tog‘ tizmalari chuqurlik tuzilishining xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bashorat qilinayotgan uchastkalarda uglevodorod uyumlari “ekranlashgan lovushkalar” hosil bo‘lish ehtimoli bo‘lgan surilma tuzilma turiga mansub va er yoriqlari bilan murakkablashgan braxiantiklinal` va monoklinallarning yon qismlariga mos kelishi aniqlangan;
Janubi-g‘arbiy Hisor tog‘ tizmalari xududida tuz-angidritli formatsiyalarning qalinligi oshganligi aniqlangan;
yuqori yura ohaktoshlari sirtiga to‘g‘ri keluvchi tayanch qaytaruvchi gorizontning shimoli sharqdan janubi g‘arb yo‘nalishida cho‘kkanligi va uning yotish chuqurligi bo‘yicha maksimal farqi uch ming metrni tashkil qilishi isbotlangan;
Janubi-g‘arbiy Hisor tog‘ tizmalari hududi surilma xususiyatiga ega bo‘lgan va mintaqaning alloxton tabiatini belgilaydigan er yoriqlari natijasida hosil bo‘lgan pog‘onali tuzilishga ega ekanligi asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Janubi-g‘arbiy Hisor tog‘ tizmalari hududida neft va gazga mahsuldor strukturalarni bashoratlash uchun burg‘ulash, geologik va geofizikaviy ma’lumotlarning kompleks talqin qilish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi konlarni bashoratlash maqsadida tuzilgan chuqurlik bo‘yicha geologik kesmalar «Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti» AJda uglevodorod zaxiralarini geologik qidiruv ishlarini amaliy o‘tkazish jarayonida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 25 sentyabrdagi 06/09-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubi-g‘arbiy Hisor tog‘ tizmalari hududidagi mahalliy antiklinal strukturalarning istiqbolligini baholab yangi burg‘ulash ishlari samardorligini oshirish imkonini bergan;
cho‘kindi havzaning Eron va Turkmaniston cho‘kindi havzalari bilan solishtirma tahlillari «Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti» AJda uglevodorod zaxiralarini qidirish va prognozlash jarayonida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 25 sentyabrdagi 06/09-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubi-g‘arbiy Hisor tog‘ tizmalari hududidagi yuqori yura yotqiziqlaridagi yangi ehtimoliy konlarni bashorat qilish imkoniyati yaratilgan; 
hudud tog‘ jinslarini petrofizik xossalarining kompleks tahlili  «Neft va gaz konlari geologiyasi xamda qidiruvi instituti» AJda  neft va gaz konlarini geologik qidiruv ishlarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 25 sentyabrdagi 06/09-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuzilgan petrofizik ustun uglevodorodlarga istiqbolli bo‘lgan bo‘r va yura davri yotqiziqlarini ajratishni aniqlashtirish imkonini bergan;
hudud tog‘ jinslaridagi organik moddalarning umumiy miqdorini aniqlash tahlili «Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti» AJda neft` va gaz konlarini geologik qidiruv ishlarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 25 sentyabrdagi 06/09-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubi-g‘arbiy Hisor tog‘ tizmalari hududidagi yuqori bo‘r davri yotqiziqlarining uglevodorodlarga istiqbolli ekanligini belgilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish