Oripov Otabek Oripovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tut ipak qurti (Bombyx mori L)ning xorij zot va duragaylarini optimal parvarishlash texnologiyasini asoslash”, 06.02.04-Ipakchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Qx116.
Ilmiy rahbar: Umarov Shavkat Ramazonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Ismatullaeva Dilorom Adilovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdrimova Gulbaxor Erimmatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xorijdan keltirilayotgan tut ipak qurtlarini O‘zbekistonning keskin o‘zgaruvchan tabiiy iqlim-sharoitiga hamda ozuqasiga moslashtirish asosida ipak qurti tuxumlari tayyorlash, pillaning mahsuldorlik va texnologik xususiyatlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
xorij ipak qurti zot va duragaylarining tuxumlaridan embrion jonlanishining optimal gigrotermik me’yorlari aniqlangan;
introduksiya qilingan zotlarni me’yoridagi harorat va nisbiy namlikda parvarishlash orqali, ipak qurtining hayotchanligini oshirish mumkinligi isbotlangan; 
xorijdan keltirilgan ipak qurtlarining biologik va xo‘jalik belgilariga havo harorati va nisbiy namlik ta’siri chegaralari aniqlangan;
ilk bor xorijdan keltirilgan ipak qurti zotlarini O‘zbekiston agroiqlim sharoitiga moslashtirish, ularni genetik potensialini namoyon etish agrotexnologiyasi ishlab chiqilgan;
xorij zot va duragaylari qurtlarini dastaga chiqishi va pilla o‘rash jarayoniga gigrotermik omillar ta’siri aniqlangan;
xorij zot va duragaylari hosildorligini oshirish maqsadida “Xorijdan keltirilgan ipak qurti zot va duragaylarini O‘zbekiston sharoitida parvarishlash agrotexnologiyalari” nomli tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tut ipak qurti (Bombyx mori L.)ning xorij zot va duragaylarini optimal parvarishlash texnologiyasini asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Respublika urug‘chilik korxonalarida xorijdan keltirilgan zotlardan tayyorlanadigan duragay urug‘lar hamda fermer xo‘jaliklarida parvarishlanadigan ipak qurtlarining pilla sifatini yaxshilashga oid «Xorijdan keltirilgan ipak qurti zot va duragaylarini O‘zbekiston sharoitida parvarishlash agrotexnologiyalari» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 02/028-1748-son ma’lumotnomasi). Natijada 25 quti parvarishlangan naslli xorijiy ipak qurtining har bir qutisidan 4,8 grammdan qo‘shimcha urug‘ tayyorlanib, bir qutisidan olingan iqtisodiy samaradorlik 55404,0 so‘mni, sof foyda esa 21554,0 so‘mni tashkil etib, rentabellik 12,7 % ga ko‘tarilgan;
Xitoydan keltirilgan “Yaponiya” tut ipak qurti zotini Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Ipak qurti urug‘chiligi” MChJda 21 quti parvarishlangan naslli xorijiy ipak qurtining bir qutisidan 5,1 gramm qo‘shimcha ipak qurti urug‘lari tayyorlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 02/028-1748-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiy samaradorlik 55606,8 so‘mni, sof foyda esa 22952,3 so‘mni tashkil etib, rentabellik 14,1 % ga ko‘tarilgan;
Xitoyan keltirilgan tut ipak qurtining “Jigsong x Haoyue” sanoatbop duragay urug‘larining 21 qutisi Farg‘ona viloyatining “NURLI TONG SILK” MChJ korxonasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 02/028-1748-son ma’lumotnomasi). Natijada joriy qilingan duragayning bir qutisidan 0,89 kg qo‘shimcha xom-ipak olinib, parvarishlangan 21 quti xorij duragayidan 18,7 kg xom-ipak olingan va iqtisodiy samaradorlik 6025656 so‘mni tashkil etib, rentabellik 27,6 % ga ko‘tarilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish