Erejepova Gulbaxar Tajetovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sabzining (Daucus carota) serhosil nav, duragaylarini tanlash va etishtirish texnologiyasini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida)”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx566.
Ilmiy rahbar: Asatov Shuxrat Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/28.08.2020.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Nizamov Rustam Axrolovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Raxmatov Anvar Mamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sabzini tuproq sho‘rlanishiga bo‘lgan munosabatini, uning sho‘rga chidamlilik darajasini aniqlash, mahalliy sharoitlarga moslashgan sho‘rga nisbatan chidamli istiqbolli nav, duragaylarni tanlash, qulay ekish muddatlari va samarali etishtirish usullarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitida sabzi o‘simligini tuproq sho‘rlanishiga bo‘lgan munosabati aniqlangan;
sabzini takroriy muddatlarda etishtirishda faol haroratlar miqdori aniqlangan;
sabzini sho‘rga chidamlilik darajasi va uni oshirishning samarali usullari aniqlangan; 
sabzini Osiyo turkumidagi navlari O‘rta er dengizi  turkumidagi navlariga qaraganda tuproq sho‘rlanishiga nisbatan chidamliligi isbotlangan; 
sabzini takroriy ekishda eng qulay ekish muddat iyul oyining birinchi o‘n kunligi ekanligi va bundan kechki ekish muddatlarida uning mahsuldorligi sezilarli darajada kamayishi ilmiy asoslangan; 
ekinlarni mul`chalash tuproqda namlikni saqlab, zararli tuzlarni tuproqning yuqori qatlamlariga ko‘tarilishini (migratsiyasini) kamaytiruvchi samarali usul ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida takroriy ekinda sabzining tuproq sho‘rlanishiga nisbatan chidamli navlarini tanlash, eng qulay ekish muddatlari hamda sabzi etishtirishning samarali usullarini aniqlash yuzasidan  olib borilgan  tadqiqotlar asosida:
fermer va tomorqa er egalari uchun “Takroriy ekinda sabzi etishtirish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma tayyorlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 01/026-1300-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma sho‘rlangan erlarda sabzidan yuqori va sifatli hosil etishtirishda qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda;
sabzini kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan erlarda etishtirishga mos navlarni tanlash va etishtirish texnologiyasini takomillashtirish ishlanmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasini Nukus tumanida 0,55 ga, Chimboy tumanida 0,60 ga, Qonliko‘l tumanida 0,60 ga, Beruniy tumanida 0,70 ga va Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida 0,50 ga, jami 2,72 ga maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 01/026-1300-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida an’anaviy navlarga nisbatan Nurli-70, Ziynatli, Mirzoi sariq navlaridan 14% ga ortiq hosil  olishga erishilgan va iqtisodiy samarodarlik 197 foizni tashkil etgan:
sabzining Mirzoi sariq navini iyulning birinchi o‘n kunligida ekish ishlanmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasini Nukus tumanida 0,55 ga, Chimboy tumanida 0,50 ga, Qonliko‘l tumanida 0,70 ga, Beruniy tumanida 0,60 ga va Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida 0,50 ga, jami 2,72 ga maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 01/026-1300-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kechki ekish muddatlariga qaraganda ko‘proq, ya`ni 31,2 t/gacha hosil olingan va iqtisodiy samarodarlik 207 foizni tashkil etgan;
sabzi ekinlarini turli materiallar bilan mul`chalash ishlanmasi Qoraqolpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanidagi Q.Avezov nomli fermer xo‘jaligida 0,50 ga maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 01/026-1300-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida chirindi - glaukonitning 1:1 nisbatdagi aralashmasi bilan mul`chalash eng samarali bo‘lgan va bu usul oddiy usulga qaraganda har bir gektar maydonda 8,4 t/ga qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan hamda iqtisodiy samarodorlik 136,4 foizni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish