Mo‘minov Bexzod Abduvaxobovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jinoyat ishlarini sudga qadar yuritish ustidan sud nazorati», 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Yu124.
Ilmiy rahbar: Raxmonova SurayyoMaxmudovna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: To‘laganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor; Zakurlaev Abdumutal Karimovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchitashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsning sud himoyasida bo‘lish huquqini ta’minlashga va uning jinoyat-protsessual mexanizmini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konstitusiyaviy huquq va erkinliklarni cheklash bilan bog‘liq protsessual majburlov choralarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish, xususan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish protsessual majburlov chorasi faqat sud nazorati asosida qo‘llanishi zarurligi va uning protsessual tartibi hamda shaxsning sud himoyasida bo‘lish huquqini elektron shaklda murojaat qilish orqali amalga oshirish mumkinligi ilmiy asoslantirilgan;
sud orqali himoya qilish deganda, sudlarning jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini tiklashga qaratilgan, protsessual qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyat tushunilishi asoslantirilgan; 
jinoyat protsessi ishtirokchilarini shikoyat qilish huquqini ta’minlash orqali sud himoyasida bo‘lish huquqi kafolatlanishi asoslantirilgan;
ma’muriy organlar mansabdor shaxslarining jinoyat ishini yuritish bilan bog‘liq protsessual qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi zarurligi asoslantirilgan;
shaxsga nisbatan ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i qo‘llanilganda bu haqda darhol oila a’zosi yoki boshqa yaqin kishilariga xabar berish huquqi so‘zsiz ta’minlanishi shartligi va protsessual tartibi asoslangan;
ushlab turish protsessual majburlov chorasi qo‘llanilganda o‘tkazilgan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish natijalari ham protsessual tartibda rasmiylashtirilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jinoyat ishining sudga qadar ish yurituvi ustidan sud nazoratini amalga oshirishga oid ilmiy tadqiqot  natijalari asosida:
pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomaning sud tomonidan ko‘rib chiqilishi, murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkinligi yuzasidan ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga 281-bob (Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish)ni kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 30  iyundagi 06/1-05/15-14vx-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish ustidan sud nazorati o‘rnatilishi yo‘li bilan fuqarolarning huquqlari himoya qilinishi, jinoyat protsessi ishtirokchilarining  shikoyat qilish yuzasidan huquqlarini kafolatlash va buzilgan huquqlari tiklanishiga xizmat qilgan;
sud orqali himoya qilish tushunchasini belgilash yuzasidan ishlab chiqilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish to‘g‘risida” 2020 yil 3 iyuldagi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 27 noyabrdagi PL-56-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat protsessi ishtirokchilarining  shikoyat qilish yuzasidan huquqlarini kafolatlashga xizmat qilgan;
jinoyat protsessi ishtirokchilari huquqlarini sud orqali himoya qilish vositasi sifatida sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish huquqi bilan  ta’minlanishi yuzasidan ishlab chiqilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish to‘g‘risida” 2020 yil 3 iyuldagi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 27 noyabrdagi PL-56-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi sud orqali himoya qilish  mexanizmlarini takomillashtirishga  xizmat qilgan;
ma’muriy organlar mansabdor shaxslarining jinoyat ishini yuritish bilan bog‘liq  protsessual qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi yuzasidan ishlab chiqilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 2019 yil 24 dekabrdagi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 27 noyabrdagi PL-56-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi  ma’muriy organlarning aynan  jinoyat-protsessual faoliyat bilan bog‘liq qarorlari ustidan shikoyatlarini ko‘rib chiqish amaliyotini takomillashtirishga  xizmat qilgan;
protsessual majburlov chorasi qo‘llanganida xabar berish majburiyati yuzasidan ishlab chiqilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 217-moddasini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Korrupsiyaga qarshi kurashish va Sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 16 noyabrdagi 06/1-05/3007-2-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi protsessual majburlov choralarini qo‘llashda qonuniylikni  ta’minlashga xizmat qilgan;
shaxsiy tintuv qilish va olib qo‘yish natijalarini ushlab turish bayonnomasida qayd qilish majburiyati yuzasidan ishlab chiqilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 225-moddasini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Korrupsiyaga qarshi kurashish va Sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 16 noyabrdagi 06/1-05/3007-2-sonma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi protsessual majburlov choralarini qo‘llashda qonuniylikni  ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish