Xudaykulov Feruzbek Xurramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qilmishni kvalifikatsiya qilishda jinoyat ob’ektiv tomoni fakul`tativ belgilarining jinoyat-huquqiy jihatlari», 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Yu208.
Ilmiy rahbar: Abdurasulova Qumriniso Raimqulovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Temur Xolmamatovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD); Toxirov Farxod Taxirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat ob’ektiv tomoni fakul`tativ belgilarining qilmishni kvalifikatsiya qilishdagi jinoyat-huquqiy ahamiyatini jinoyat huquqi va jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning ilmiy asoslari nuqtai nazaridan kompleks o‘rganish, jinoyat ob’ektiv tomoni fakul`tativ belgilariga asosan jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun javobgarlik belgilangan JK 2787-moddasi 2-qismini «xizmat mavqeidan foydalanib sodir etish» shaklidagi javobgarlikni og‘irlashtiruvchi belgi bilan to‘ldirish haqidagi taklif asoslantirilgan;
jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish uchun javobgarlik belgilangan JK 2411-moddasi 2-qismini «og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa» shaklidagi javobgarlikni og‘irlashtiruvchi belgi bilan to‘ldirish haqidagi taklif asoslantirilgan;
JK 2444- va 2481-moddalari 2- va 3-qismlarini «badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast etkazilishiga sabab bo‘lsa», «odam o‘lishiga sabab bo‘lsa» shaklidagi javobgarlikni og‘irlashtiruvchi belgi bilan to‘ldirish haqidagi taklif asoslantirilgan;
belgilangan taqiqlar (cheklovlar)ni buzgan holda binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun javobgarlik belgilangan JK 2293-moddasi 2-qismini «ushbu jinoyatni davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlarining qo‘riqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan o‘zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida sodir etilishi» shaklidagi javobgarlikni og‘irlashtiruvchi belgi bilan to‘ldirish haqidagi taklif asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qilmishni kvalifikatsiya qilishda jinoyat ob’ektiv tomoni fakul`tativ belgilarining jinoyat-huquqiy jihatlarini tadqiq etish natijalari asosida:
telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun javobgarlik belgilangan JK 2787-moddasi 2-qismini “xizmat mavqeidan foydalanib sodir etish” shaklidagi javobgarlikni og‘irlashtiruvchi belgi bilan to‘ldirish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 22 oktyabrdagi O‘RQ–503-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasi 1-qismining yigirma uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2019 yil 31 oktyabrdagi 04/1-6-1/114-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi sud amaliyotida xizmat mavqeidan foydalanib telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish bilan bog‘liq qilmishga to‘g‘ri huquqiy baho berishga, adolatli jazo tayinlanishiga xizmat qilgan;
jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish uchun javobgarlik belgilangan JK 2411-moddasi 2-qismini “og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa”og‘irlashtiruvchi oqibat bilan to‘ldirishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 maydagi O‘RQ–534-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 1-moddasi birinchi qismining birinchi va ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2019 yil 31 oktyabrdagi 04/1-6-1/114-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi qonunga xilof ravishdajinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishningoldini olish va aybdor qilmishini og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etganlik uchun javobgarlik belgilashga xizmat qilgan;
uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun javobgarlik belgilangan JK 2444-moddasi 2- hamda 3-qismlari; uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish uchun javobgarlik belgilangan JK 2481-moddasi 2- va 3-qismlarini og‘irlashtiruvchi oqibatlar bilan to‘ldirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 maydagi O‘RQ–534-son “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 1-moddasi birinchi qismining birinchi va ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2019 yil31 oktyabrdagi 04/1-6-1/114-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar qayd etilgan jinoyatlarni og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etganlik uchun javobgarlik belgilash va qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiyasiga xizmat qilgan;
belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun javobgarlik belgilangan JK 2293-moddasi 2-qismini “ushbu jinoyatni davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlarining qo‘riqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan o‘zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida sodir etilishi” degan og‘irlashtiruvchi holatlarning kiritilishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 avgustdagi O‘RQ–560-son “Moddiy madaniy meros ob’ektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2019 yil31 oktyabrdagi 04/1-6-1/114-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qayd etilgan jinoyatni aybdor tomonidan alohida joylarda sodir etilishini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishi va o‘sha qilmishga adolatli jazo tayinlanishiga xizmatqilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish