Abdullajanova Dilnozaxon Sultanbekovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshqaruvda ayollar faolligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”(Toshkent shahar tuman kengashlari misolida),19.00.05– Ijtimoiy psixologiya; Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.3.PhD/P199.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Lutfullaeva Nigora, psixologiya fanlarnomzodi, dotsent;Samarov Rustam Sadriddinovich,falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchitashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ayollarni boshqaruv lavozimlariga tanlash va tayinlashda kadrlar zaxirasini shakllantirishning amaliy ahamiyatini ilmiy asoslash, xizmatda foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollar faolligida motivatsion yo‘nalganlik (atrof-muhitdagi vaziyatga munosabat bildirish), xususan, mag‘lubiyatdan qochish (qo‘rquv)da hamda muvaffaqiyatga erishishga nisbatan (tajribasi, yoshi, ijtimoiy ahvoli bilan bog‘liqligi) maqsadni aniqlashda, o‘z-o‘zini anglashida, baholashida ko‘proq namoyon bo‘lishi aniqlangan;
rahbarlikka xohish kuchi yuqori bo‘lgan ayollarda vaziyatga taktik yondashuv (shaxslararo munosabat va jamoani boshqarishda psixoemotsional turg‘unlik, mas’uliyatlilik, tashkilotchilik, kommunikativlik, ahamiyatlilik) motivatsion yo‘nalganlikning asosiy xususiyati ekanligi isbotlangan;
vaziyatni oldindan tasavvur qilish, o‘ziga xos intuisiya (ichki va tashqi ta’sirlarni hissiy baholash)ning yuqori bo‘lishi boshqaruvdagi ayollarda muhim qarorlar qabul qilishda tavakkalchilikka tayyorlik darajasini oshirishi aniqlangan;
boshqaruvda ayollar faolligida muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi va mutaxassisliklar o‘rtasidagi bog‘liqlikda motivatsiyaning o‘ta yuqori va o‘ta past darajasi (hayotiy orttirilgan tajriba bilan bog‘liq), mag‘lubiyatdan qochish motivatsiyasining faollikka ta’siri (yosh bilan bog‘liq), ayollardagi rahbarlik tiplarini tavakkalchilikka tayyorlikka ta’siri hamda ma’lumotlilik darajasi (tugallanmagan oliy) bilan o‘zaro bog‘liqligi ilk bor aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Boshqaruvda ayollar faolligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ayollardagi motivatsion yo‘nalganlik, xususan mag‘lubiyatdan qochish (qo‘rquv) hamda muvaffaqiyatga erishishga nisbatan motivatsiya ijtimoiy hayotda orttirilgan tajribaga, yoshi, ijtimoiy ahvoli bilan bog‘liq bo‘lib, maqsadni aniqlashda, shaxs o‘zini-o‘zi anglashida yuqori bo‘lishi va asosan vaziyatga taktik yondoshuvda kuchli namoyon bo‘lishini aniqlash mexanizmi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 13 martdagi 5-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 13 martdagi P-M-5b-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik faoliyatdagi faollikni oshirish, kadrlar xususiyatlarini kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarni shakllantirish, kasbiy tayyorgarlikning sifat darajasini oshirishga xizmat qilgan;
rahbarlikka xohish kuchi yuqori bo‘lgan ayollarda vaziyatga taktik yondashuv (shaxslararo munosabat va jamoani boshqarishda psixoemotsional turg‘unlik, mas’uliyatlilik, tashkilotchilik, kommunikativlik, ahamiyatlilik), shuningdek, ijtimoiy-psixologik (“motivatsion”, “kommunikativ” va “empatik”) xususiyatlarning o‘zaro bog‘langanligi hamda ularni boshqaruvdagi ayollar faolligiga ijobiy ta’sirini empirik ma’lumotlar asosida aniqlash usullari bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil13 martdagi 5-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Boshqaruv va marketing psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy  Markazining  2020  yil  13  martdagi  P-M-5b-son ma’lumotnomasi). Natijada, har tomonlama etuk, barkamol avlodni raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik ta’minotning boyitilishiga erishilgan;
vaziyatni oldindan tasavvur qilish, o‘ziga xos intuisiya (ichki va tashqi ta’sirlarni hissiy baholash)ning yuqori bo‘lishi boshqaruvdagi ayollarda muhim qarorlar qabul qilishda tavakkalchilikka tayyorlik darajasini oshirish Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 13 martdagi 5-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduliga tatbiq etilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy  Markazining 2020 yil 13 martdagi P-M-5b-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu takliflar kadrlar zaxirasini shakllantirishda boshqaruvga xos qobiliyatlar haqida bilim va malakalarni oshishiga xizmat qilgan;
boshqaruvda ayollar faolligida muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi va mutaxassisliklar o‘rtasidagi bog‘liqlikda motivatsiyaning o‘ta yuqori va o‘ta past darajasi (hayotiy orttirilgan tajriba bilan bog‘liqligi), mag‘lubiyatdan qochish motivatsiyasining faollikka ta’siri (yosh bilan bog‘liqligi), ayollardagi rahbarlik tiplarining tavakkalchilikka tayyorlikka ta’siri hamda ma’lumotlilik darajasi (tugallanmagan oliy) bilan o‘zaro bog‘liqligi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 13 martdagi 5-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Kasb psixologiyasi” moduliga tatbiq etilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 13 martdagi P-M-5b-son ma’lumotnomasi). Natijada,boshqaruvda ayollar faolligini rivojlantirish bo‘yicha profilaktika ishlari kuchaytirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish