Hayitov Oybek Eshboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasasi o‘rta bo‘g‘in rahbarlari psixologik kompetentligini modellashtirish”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/P37.
Ilmiy maslahatchi: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Barotov Sharif Ramazanovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Ibodullaev Zarifboy Radjapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  professional boshqaruv faoliyatini tartibga soladigan ijtimoiy-psixologik fazilatlar tizimiga asoslanuvchi OTM o‘rta bo‘g‘in rahbari psixologik kompetentligini modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OTM o‘rta bo‘g‘in rahbari psixologik kompetentligining (professional, ijtimoiy-kommunikativ, ijtimoiy-informatsion, ijtimoiy-psixologik, kognitiv, uslubiy-maxsus, ijtimoiy-madaniy, autopsixologik kompetensiyalar) tarkibiy komponentlari boshqaruvchilarga xos ijtimoiy-psixologik fazilatlar va kasbiy sifatlarni klasterlash asosida takomillashtirilgan;
o‘rta bo‘g‘in rahbari psixologik kompetentligini rivojlantirish modeli ustuvor shaxs sifatlari va kompetensiyalarni mujassamlashtiruvchi yuqori, o‘rta va quyi darajalarga differensiyalashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘rta bo‘g‘in rahbari psixologik kompetentligining tarkibiy komponentlari (sotsial-psixologik moslashuvchanlik, fikrning kreativligi, motivatsion qo‘llab-quvvatlash, xodimlarga vakolatlarni taqsimlash, stresslarni boshqarish, ishontiruvchi muloqot, hamkorlik o‘rnatish va shu kabilar) klasterlash, yuqori yuklamali kompetensiyalarni faktorli tahlillash hamda differensiyalashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘rta bo‘g‘in rahbarining “Yangi-to‘lqin” (New-Wave) kompetensiyalari modeli boshqaruv faoliyati jarayonining bir semantik maydondagi ijtimoiy fasilitatsiya va ingibisiya mexanizmlarini integratsiyalash asosida optimallashtirilgan;
“Men”-konsepsiyasi kontekstidagi rahbarning shaxsiy hayot va kasbiy faoliyati komponentlari boshqaruv faoliyatining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari (o‘zining “Men”idan rozi yoki norozi bo‘lish integral hissi, o‘zini hurmat qilish, o‘zini-o‘zi yoqtirish, qo‘l ostidagilardan kutilayotgan munosabat, o‘z shaxsiyatiga qiziqish, o‘ziga o‘zi ishonch, o‘zgalardan kutilayotgan munosabat, o‘zini o‘zi qabul qilish, o‘ziga o‘zi rahbarlik qilish, o‘zini o‘zi ayblash, o‘z-o‘ziga qiziqishini ifodalash, o‘zini o‘zi tushunish)ni autopsixologik diagnostikalash asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
Professional boshqaruv faoliyatini tartibga soladigan ijtimoiy-psixologik fazilatlar tizimiga asoslanuvchi OTM o‘rta bo‘g‘in rahbari psixologik kompetentligini modellashtirish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
boshqaruvchilarga xos ijtimoiy-psixologik fazilatlar va kasbiy sifatlarni klasterlash asosida takomillashtirilgan OTM o‘rta bo‘g‘in rahbari psixologik kompetentligining (professional, ijtimoiy-kommunikativ, ijtimoiy-informatsion, ijtimoiy-psixologik, kognitiv, uslubiy-maxsus, ijtimoiy-madaniy, autopsixologik kompetensiyalar) tarkibiy komponentlarini boshqaruv jarayonlari bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilishdagi ahamiyati va roli haqida ma’lumot beruvchi takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 11 iyundagi 6-son buyrug‘iga asosan “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan (TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 iyundagi P-M-6 a-son ma’lumotnomasi) hamda “Boshqaruv psixologiyasi” fani tarkibida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘quv jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘iga asosan berilgan 892-059-raqamli guvohnoma). Mazkur natijalarning o‘quv jarayoniga joriy qilinishi o‘z navbatida tinglovchi(talaba)larning boshqaruv sohasidagi psixologik ilmiy-nazariy tayyorgarligining yanada oshishiga xizmat qilgan;
ustuvor shaxs sifatlari va kompetensiyalarini mujassamlashtiruvchi yuqori, o‘rta va quyi darajalarga differensiyalash asosida takomillashtirilgan o‘rta bo‘g‘in rahbari psixologik kompetentligini rivojlantirish modelini dalillovchi taklif Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 11 iyundagi 6-son buyrug‘iga asosan “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan (TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 iyundagi P-M-6 a-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanilishi natijasida har tomonlama etuk, barkamol, raqobatbardosh amaliyotchi psixolog kadrlar tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minoti boyitilishiga erishilgan;
klasterlash, yuqori yuklamali kompetensiyalarni faktorli tahlillash hamda differensiyalashtirish asosida takomillashtirilgan o‘rta bo‘g‘in rahbari psixologik kompetentligining tarkibiy komponentlari (sotsial-psixologik moslashuvchanlik, fikrning kreativligi, motivatsion qo‘llab-quvvatlash, xodimlarga vakolatlarni taqsimlash, stresslarni boshqarish, ishontiruvchi muloqot, hamkorlik o‘rnatish va shu kabilar) to‘g‘risidagi takliflar “Boshqaruv psixologiyasi” fani o‘quv jarayonida foydalanilgan hamda raqobatbardosh iqtidorli menejer mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan darslik yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-185 raqamli guvohnoma). Mazkur darslikning o‘quv jarayoniga tadbiqi orqali talabalarning boshqaruv jarayonlari bilan bog‘liq qarorlarni qabul qila olish ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli namoyon qilish imkoni yaratilgan;
boshqaruv faoliyati jarayonining bir semantik maydondagi ijtimoiy fasilitatsiya va ingibisiya mexanizmlarini integratsiyalash asosida optmallashtirilgan o‘rta bo‘g‘in rahbarining “Yangi-to‘lqin” (New-Wave) kompetensiyalari modelini dalillovchi taklif Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 11 iyundagi 6-son buyrug‘iga asosan “Boshqaruv va marketing psixologiyasi” moduliga kiritilgan (TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 iyundagi P-M-6 a-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi amaliyotchi psixologlar bo‘lajak psixologik xizmat faoliyatiga doir, bilim, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarining oshishiga xizmat qilgan;
boshqaruv faoliyatining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari (o‘zining “Men”idan rozi yoki norozi bo‘lish integral hissi, o‘zini hurmat qilish, o‘zini-o‘zi yoqtirish, qo‘l ostidagilardan kutilayotgan munosabat, o‘z shaxsiyatiga qiziqish, o‘ziga o‘zi ishonch, o‘zgalardan kutilayotgan munosabat, o‘zini o‘zi qabul qilish, o‘ziga o‘zi rahbarlik qilish, o‘zini o‘zi ayblash, o‘z-o‘ziga qiziqishini ifodalash, o‘zini o‘zi tushunish)ni autopsixologik diagnostikalash asosida aniqlangan “Men” konsepsiyasi kontekstidagi rahbarning shaxsiy hayot va kasbiy faoliyati komponentlarini dalillovchi takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi  Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 11 iyundagi 6-son buyrug‘iga asosan “Boshqaruv va marketing psixologiyasi” moduliga kiritilgan (TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 iyundagi P-M-6 a-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanilishi natijasida har tomonlama etuk amaliyotchi psixolog kadrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik ta’minotning boyitilishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish