Abdullaeva Dilbar Ubaydullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona va o‘smir farzand munosabatlarida ijobiy muhitni ta’minlashda tasavvurlar psixokorreksiyasidan foydalanish”, 19.00.05 –Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusiro‘yxatgaolinganraqam: B2019.3.PhD/P129.
Ilmiy rahbar:Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Po‘lat Sobirovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent;Dushanov Rustam Xo‘jaxonovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ona va o‘smir farzand munosabatlarini sog‘lomlashtirishda tasavvurlar psixokorreksiyasidan foydalanishning amaliy imkoniyatlarini empirik jihatdan tadqiq etish hamda onalarda bola bilan samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish vositalarini taklif etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
onaning o‘smir farzandga bo‘lgan munosabatiga ayol ijtimoiy rollari haqida shakllangan tasavvurlarning ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasi asosida aniqlashtirilgan;
o‘smir farzand bilan bo‘lgan munosabatlarda ayolning ona sifatida o‘zi haqidagi va ideal ona to‘g‘risidagi tasavvurlarida mavjud tafovutning aks etishi darajasi empirik jihatdan aniqlangan;
ona va o‘smir farzandning o‘zaro munosabat haqidagi tasavvurlarida mavjud mutanosiblik ko‘rsatkichlari ular o‘rtasidagi ta’sirlashuv jarayonida ustuvor bo‘lgan yondashuvlar (ijobiy qiziqish, direktivlik, dushmanlik, avtonomlik, beqarorlik xususiyatlari)ni belgilab berishi aniqlangan;
onalarda o‘smir farzand bilan muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari psixokorreksion trening vositasida refleksiya, identifikatsiya va proeksiya mexanizmlarini faollashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ona va o‘smir farzand munosabatlarida ijobiy muhitni ta’minlashda tasavvurlar psixokorreksiyasidan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
onaning o‘smir farzandga bo‘lgan munosabatiga ayol ijtimoiy rollari haqida shakllangan tasavvurlarning ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasi asosida aniqlashtirilishi orqali shakllantirilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi 5-son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” moduliga hamda “Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya” darsligi mazmuniga kiritilgan(Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi P-M-5a-son ma’lumotnomasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-son buyrug‘i, 274-295 raqamli guvohnoma). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida bo‘lajak pedagog-psixologlar, oilaga psixologik xizmat ko‘rsatishga tayyorlanuvchi amaliyotchi psixolog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
o‘smir farzand bilan bo‘lgan munosabatlarda ayolning ona sifatida o‘zi haqidagi va ideal ona to‘g‘risidagi tasavvurlarida mavjud tafovutning aks etishi darajasini empirik jihatdan aniqlangan natijalari Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi 5 - son buyrug‘iga asosan “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi P-M-5a-son ma’lumotnomasi). Mazkur empirik ko‘rsatkichlardan o‘quv jarayonida foydalanish natijasida bo‘lg‘usi pedagog-psixolog va amaliyotchi psixologlarga oila psixologiyasini o‘qitishda uslubiy ta’minot takomillashtirilgan hamda nazariya va amaliyot uzviyligi kuchaytirilgan;
ona va o‘smir farzandning o‘zaro munosabat haqidagi tasavvurlarida mavjud mutanosiblik ko‘rsatkichlari ular o‘rtasidagi ta’sirlashuv jarayonida ustuvor bo‘lgan yondashuvlar (ijobiy qiziqish, direktivlik, dushmanlik, avtonomlik, beqarorlik xususiyatlari)ni belgilab berishi yuzasidan aniqlangan ma’lumotlarga tayanuvchi tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi 5-son buyrug‘iga asosan “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi P-M-5a-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarning ilmiy-pedagogik jarayonga tatbiq etilishi natijasida shaxsni ijtimoiy-psixologik jihatdan o‘rganish, uning shaxslararo munosabatlari tizimini ilmiy baholash, ob’ektiv tavsiflash imkoniyatlari oshirilgan;
onalarda o‘smir farzand bilan muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari psixokorreksion trening vositasida refleksiya, identifikatsiya va proeksiya mexanizmlarini faollashtirish orqali takomillashtirishga doir takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi 5-sonbuyrug‘iga asosan“Ijtimoiy psixologik trening” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi P-M-5a-son ma’lumotnomasi). Mazkur dasturiy takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida psixolog kadrlarning oilaga psixologik xizmat ko‘rsatish, oilada ijtimoiy sog‘lom muhitni shakllantirish uchun zarur ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorgarligi takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish