Sharopova Nafosat Radjabovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktabgacha ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini takomillashtirish», 08.00.11 - Marketing va 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt600.
Ilmiy rahbar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Aslanova Dilbar Xasanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim muassasasalari faoliyati va undagi ta’lim-tarbiya sifatini ota-onalar tomonidan baholashning hujjatlashtirishga asoslangan nostandart usulidan foydalanish hamda iste’molchilarning fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida zamonaviy marketing tadqiqot uslubiyoti takomillashtirilgan;
inson kapitalini shakllantirishdagi maktabgacha ta’lim xizmatlarining ta’sirini aniqlashga qaratilgan SEM-Path modeli bilan kombinatsiyalashgan marketing tadqiqotining kuzatuv usuliga oid ma’lumotlarni to‘plash va uni tahlil qilish jarayonlarini takomillashtirish asosida maktabgacha ta’limning ijtimoiy samaradorligini baholash usuli taklif etilgan;
iste’molchilarning maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatidan qoniqish indeksini hisoblash va unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash maqsadida marketing tadqiqotlarining ijtimoiy so‘rov usulidagi tahlil qilish jarayonlari Latent-SEM modeli talablari asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim xizmatlari bozorida raqamli marketingni shakllantirish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligining EMIS dasturida ta’lim tizimiga oid xizmat ko‘rsatuvchilar hamda ishlab chiqaruvchilarning markazlashgan bazasini yaratish orqali 6 turdagi xizmat ko‘rsatish tashkil etilgan;
O‘zbekistonda 2020-2030 yillarda 3-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha ta’lim muassasasalari faoliyati va undagi ta’lim-tarbiya sifatini ota-onalar tomonidan baholashning hujjatlashtirishga asoslangan nostandart usulidan foydalanish hamda iste’molchilarning fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida zamonaviy marketing tadqiqot uslubiyotini takomilashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 21 noyabrdagi «Maktabgacha ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2-mh-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 02-02/1-1647-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida maktabgacha ta’lim muassasasining Kuzatuv kengashi nizomida belgilangan Kengash vazifasi hisoblangan ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasalari va ularning xodimlari faoliyatiga oid ijtimoiy so‘rovlarni amalga oshirish uslubiyotini ishlab chiqishda muayyan tarzda xizmat qilgan. Natijada tadqiqot uchun sarflanadigan umumiy xarajatlarning 42 foizga kamayishiga olib kelgan;
inson kapitalini shakllantirishdagi maktabgacha ta’lim xizmatlarining ta’sirini aniqlashga qaratilgan SEM-Path modeli bilan kombinatsiyalashgan marketing tadqiqotining kuzatuv usuliga oid ma’lumotlarni to‘plash va uni tahlil qilish jarayonlarini takomillashtirish asosida maktabgacha ta’limning ijtimoiy samaradorligini baholash usuli bo‘yicha berilgan takliflari O‘zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta’lim vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 02-02/1-1647-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi PQ-3955-son «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining ijrosini ta’minlashda muayyan darajada xizmat qilgan va «Maktabgacha ta’limning ijtimoiy samaradorligini baholash usuli» sifatida qabul qilingan;
iste’molchilarning maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatidan qoniqish indeksini hisoblash va unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash maqsadida marketing tadqiqotlarining ijtimoiy so‘rov usulidagi tahlil qilish jarayonlarini Latent-SEM modeli talablari asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflari O‘zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta’lim vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 02-02/1-1647-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublika bo‘yicha maktabgacha ta’lim bilan 3-6 yoshli bolalarni qamrab olish darajasini 1,3 foizga oshirish imkoniyatini bergan;
maktabgacha ta’lim xizmatlari bozorida raqamli marketingni shakllantirish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligining EMIS dasturida ta’lim tizimiga oid xizmat ko‘rsatuvchilar hamda ishlab chiqaruvchilarning markazlashgan bazasini yaratish orqali 6 turdagi xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida joriy etilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 02-02/1-1647-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, maktabgacha ta’lim tizimiga oid mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zlarining mahsulotlari va xizmatlari haqida iste’molchilarga ma’lumotlarni oson va samarali etkazish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Natijada, ota - onalarga maktabgacha ta’lim muassasasini tanlashda va o‘zlariga qulay bo‘lgan hududda joylashgan maktabgacha ta’lim muassasalari haqidagi to‘liq ma’lumotlar olishga erishilib, muassasalarda jami 8 ta qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan;
O‘zbekistonda 2020-2030 yillarda 3-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasining prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta’lim vazirligi amaliyotiga joriy etish uchun qabul qilingan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 02-02/1-1647-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim bilan 3-6 yoshli bolalarni qamrab olish darajasini 2025 yilda 68 foizga va 2030 yilga borib 91 foizga etkazish mumkinligi aniqlangan.