Babaev Shavkat Bayramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar bo‘yicha tushumlarni prognoz qilish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt.1161.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Urmonov Jaxongir Jaloliddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq tizimida jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar bo‘yicha tushumlarni prognoz qilish mexanizmi bilan bog‘liq jarayonlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar bo‘yicha tushumlarni prognoz qilishda soliq mexanizmi indikatorlarining o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan reprezentativ soliq tizimi variantlari ishlab chiqilgan;
jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar bo‘yicha prognoz jarayonini aniqligini ta’minlovchi tashkiliy-metodologik algoritmi ishlab chiqilgan;
byudjetga soliq tushumlarini ehtimolli kamayishiga olib keluvchi soliq riskini indentifikatsiyalash, baholash tartibi ehtimolli va bilvosita (sifat) yondashuvlari asosida takomillashtirilgan;
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlash uslubiyoti ko‘p variantli ijtimoiy-iqtisodiy omillar diagnostikasi vositasida takomillashtirilgan;
ko‘p omilli ekonometrik tahlillar asosida turli darajadagi byudjetlarga jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar bo‘yicha soliq tushumlarining 2024 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar bo‘yicha tushumlarni prognoz qilish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar bo‘yicha prognoz jarayonini amalga oshirishda prognozning maqsadi, vazifalari va tamoyillari mazmunidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o‘rta muddatli (3 yillik byudjet) byudjetlashtirish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 20 iyundagi 06/04-02-01-32/1594-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida turli darajadagi byudjetlarga jismoniy shaxslar to‘laydigan soliq to‘lovlari bo‘yicha tushumlar prognoz ko‘rsatkichlarining tashkiliy-uslubiy jihatdan to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlagan va prognoz jarayonining ob’ektivligini hamda samarali tashkil etishilishiga olib kelgan, prognozni shakllantiruvchi mutaxassislar muhim uslubiy asosga ega bo‘lgan;
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni prognoz qilish va byudjet jarayonida soliq riskini baholashning modeli hamda mahalliy byudjetning moliyaviy riskini aniqlash uslubiyati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o‘rta muddatli (3 yillik byudjet) byudjetlashtirish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 20 iyundagi 06/04-02-01-32/1594-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida byudjet daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlashdagi risk xatarlar hamda prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangandan keyin soliq tushumlarining bir maromda byudjetga tushishi bilan bog‘liq risklarni aniq baholashga imkon berdi, natijada esa davlat byudjeti prognoz ko‘rsatkichlarining o‘z vaqtida bajarilishiga olib keldi, shu jihatdan olganda mazkur model` asosida byudjetdan yo‘qotishlarni aniqlash orqali yuqori iqtisodiy samaradorlik ta’minlangan;
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni prognoz qilish algoritmik modelini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o‘rta muddatli (3 yillik byudjet) byudjetlashtirish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 20 iyundagi 06/04-02-01-32/1594-son ma’lumotnomasi). Ushbu modelni amaliyotga qo‘llash natijasida jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni prognoz qilish jarayoni dastlabki bosqichidan tortib to prognoz ko‘rsatkichlarining eng optimal variant asosida byudjetni rejalashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarni ierarxiyali, ketma-ketlik va metodologik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlangan;
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni prognoz qilishning matematik-mantiqiy metodlari borasidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o‘rta muddatli (3 yillik byudjet) byudjetlashtirish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 20 iyundagi 06/04-02-01-32/1594-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, er solig‘ini hisoblashni soddalashtirishga, prognoz ko‘rsatkichlarini yuqori ob’ektivlikda va aniqlikda ishlab chiqish, prognoz jarayonini tezkorlikda amalga oshirish imkonini yaratgan;
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar bo‘yicha tushumlar prognoz ko‘rsatkichlarini korrelyasion-regression tahlillarga, har bir soliq turi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sirini baholashga asoslangan ekonometrik model yordamida o‘rta muddatli davrga ishlab chiqish borasidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o‘rta muddatli (3 yillik byudjet) byudjetlashtirish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 20 iyundagi 06/04-02-01-32/1594-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qo‘llanishi natijasida davlat byudjeti daromadlarini o‘rta muddatli rejalashtirishga, unda jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar bo‘yicha tushumlar prognoz ko‘rsatkichlarini maksimal tarzda aniqlashda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qildi. Bu har bir soliq turi bo‘yicha o‘zgaruvchan omillarning korrelyasion bog‘liqligi asosida umumiy soliq ko‘rsatkichi hajmini oson, qulay va yuqori aniqlikda hisoblash imkoniyatini bergan.