Mirraximova Maktuba Xabibullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning sanoat hududlarida yashovchi bolalarda atopik patologiya: klinik ko‘rinishlari, diagnostika va davolash usullarini optimallashtirish » ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib367.
Ilmiy maslahatchilar: Razikova Ilmira Sa’dullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xalmatova Barno Turdixodjaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01
Rasmiy opponentlar: Ziyadullaev Shuxrat Xudayberdievich tibbiyot fanlari doktori (DSc); Navruzova Shakar Istamovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furkat Muxitdinovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning sanoat hududlarida yashovchi bolalar atopik patologiyasi klinik ko‘rinishlarini tashxislash va davolash usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sanoat hududlarida yashovchi bolalarda atopik patologiyani rivojlanishi uning havodagi xavf omillari (ammiyak, azod dioksidi, oltingugurt dioksidi, karbonat angidrid) bilan ifloslanish darajasiga (AII) to‘g‘ri proporsional ortishi isbotlangan;
ilk bor besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda allergik rinitning yil davomida uchrashi, bronxial astmaning asosan yo‘tal varianti ustunligi, atopik dermatitning og‘ir kechishi aniqlangan;
ekologik noqulay hududlarda istiqomat qiluvchi maktab yoshidagi bolalarda «jismoniy zo‘riqish davomida nafas qisishi», «shamollash bilan bog‘liq bo‘lmagan tungi quruq yo‘tal» va «klinik tashhislangan bronxial astma» kabi klinik belgilarning uchrashi ekologik xavfsiz xududlarga nisbatan ko‘pligi aniqlangan;
ilk bor intermittirlovchi va engil persistirlovchi BAda, allergik rinit (AR) va atopik dermatit (AD) kechishida maxsus IgE, peshobdagi leykotrien (C4/D4/E4) va qondagi eozinofillar miqdori orasida korrelyasion bog‘liqlik borligi isbotlangan;
ilk bor sanoat hududlarida yashovchi atopik patologiyali (BA, AR va AD) bolalarda leykotrien miqdorining yuqoriligi kasallik kechishini sezilarli darajada og‘irlashtirishi, bronxospazm, yo‘tal, tumov va teridagi belgilarning uzoq muddat saqlanib qolishiga olib kelishi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning sanoat hududlarida yashovchi bolalarda atopik patologiyaning klinik ko‘rinishlarini aniqlash, tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalarda atopik patologiya: klinik ko‘rinishi, diagnostika va davolash usullarini optimallashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 2 fevraldagi 8n-d/26-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma atopik patologiyaga chalingan bolalarda immunitetning maxsus omillari faoliyati holatidagi buzilishlarni erta aniqlash, o‘z vaqtida davolashning optimal usullarini tanlashga va qaytalanish darajasini kamaytirishga xizmat qilgan;
«Bolalarda atopik dermatit» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 2 fevraldagi 8n-d/26-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma atopik dermatitga chalingan bolalarda immunitetning maxsus omillari faoliyati va peshobdagi leykotrienlar miqdoridagi o‘zgarishlarni erta aniqlash, o‘z vaqtida davolash usulini qo‘llash orqali kasallik rivojlanishi va kelib chiqadigan asoratlarini oldini olishga xizmat qilgan;
«Bolalarda allergik rinit» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 2 fevraldagi 8n-d/26-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma allergik rinitga chalingan bolalarda immunitetning maxsus IgE va peshobdagi leykotrien miqdorlaridagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash xamda davolash usulini qo‘llash orqali kasallik rivojlanishi va qaytalanishini oldini olishga xizmat qilgan;
respublikaning sanoat hududlarida yashovchi bolalarda atopik patologiyaning tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi klinik amaliyotlariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi 8n-z/163-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar allergik kasalliklar bilan kasallangan bolalarda tashxislash va yangi takomillashtirilgan davolash uslubini qo‘llash orqali bolalarda kasallikni qaytalanish darajasini kamaytirishga, kasallik asoratlarini oldini olishga, bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga va xamda bolalarni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.