Sharipov Kuvondik Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik tadbirkorlik faoliyatida tarmoq bo‘yicha ixtisoslashuv jarayonlarini takomillashtirish», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti; 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt.868.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huuridagi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘xliev Nurislom, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik tadbirkorlik faoliyatida tarmoq bo‘yicha ixtisoslashuv jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes korxonalarining ixtisoslashuvi darajasini oshirishda salohiyatli tarmoqlarni aniqlash uslubi muayyan tarmoq foyda me’yorini o‘rtacha foyda me’yoriga yaqinlashtirish orqali raqobatni kuchaytirish jihatidan takomillashtirilgan;
kichik biznes korxonalarining tarmoq jihatdan ixtisoslashuv jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solish tadbirkorlar tomonidan biznes faoliyatini nisbatan samarali tarmoqlarga o‘zgartirish imkoniyatlarini kengaytiruvchi “biznes faoliyatlari banki”ni tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ixtisoslashuvi jarayonlari samaradorligini baholashda iqtisodiy resurslarning me’yoriy samaradorligi hamda iqtisodiy resurslar sarfi hisobiga olingan o‘rtacha natija ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi asoslangan;
tarmoq bo‘yicha iqtisodiy, tijorat va moliyaviy axborotlarning shaffofligi hamda ochiqligini ta’minlashning amaliy shakli sifatida “Hudud+tarmoq kichik biznes faoliyati xaritasi”ni ishlab chiqish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik tadbirkorlik faoliyatida tarmoq bo‘yicha ixtisoslashuv jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida:
muayyan tarmoq foyda me’yorini o‘rtacha foyda me’yoriga yaqinlashtirish orqali raqobatni kuchaytirish jihatidan takomillashtirilgan kichik biznes korxonalarining ixtisoslashuvi darajasini oshirishda salohiyatli tarmoqlarni aniqlash uslubidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 29 avgustdagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan “Kichik korxona va mikrofirmalar tanlanma kuzatuvini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Uslubiy nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 26 noyabrdagi 01/1-07-16/2-98-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi qo‘mitaning Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasi tomonidan kichik korxona va mikrofirmalar tanlovi asosini sifatli shakllantirishda va ular asosida ishonchli statistik ma’lumotlar olish imkoniyatlarini kengaytirgan; kichik biznes korxonalarining tarmoq jihatdan ixtisoslashuv jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solishni tadbirkorlar tomonidan biznes faoliyatini nisbatan samarali tarmoqlarga o‘zgartirish imkoniyatlarini kengaytiruvchi “biznes faoliyatlari banki”ni tashkil etish asosida takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 sentyabrdagi “Koronavirus pandemiyasi va undan keyingi davrda muvofiqlashtirilgan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PQ-4836-son Qarorining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining chora-tadbirlar dasturining tegishli bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2020 yil 2 dekabrdagi 11/04-23-10106-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yo‘nalishlarini o‘zgartirish imkoniyatlarining kengayishi ularning tarmoq jihatidan ixtisoslashuv jarayonlarining jadallashuviga imkon yaratgan;
kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ixtisoslashuvi jarayonlari samaradorligini baholashda iqtisodiy resurslarning me’yoriy samaradorligi hamda iqtisodiy resurslar sarfi hisobiga olingan o‘rtacha natija ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 29 avgustdagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan “Kichik korxona va mikrofirmalar tanlanma kuzatuvini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Uslubiy nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 26 noyabrdagi 01/1-07-16/2-98-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi qo‘mitaning Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlik” nomli press-relizlarni shakllantirishda mamlakatdagi kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ixtisoslashuvi bo‘yicha tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytirgan;
tarmoq bo‘yicha iqtisodiy, tijorat va moliyaviy axborotlarning shaffofligi hamda ochiqligini ta’minlashning amaliy shakli sifatida “Hudud+tarmoq kichik biznes faoliyati xaritasi”ni ishlab chiqish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 sentyabrdagi “Koronavirus pandemiyasi va undan keyingi davrda muvofiqlashtirilgan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PQ-4836-son Qarorining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining chora-tadbirlar dasturining tegishli bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2020 yil 2 dekabrdagi 11/04-23-10106-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kichik biznes sub’ektlarining mamlakat hududlari va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha iqtisodiy, tijorat va moliyaviy axborotlarga o‘z vaqtida ega bo‘lish imkoniyatlari ta’minlanib, ularning ixtisoslashuv darajasi hamda faoliyat barqarorligini oshirishga erishilgan.