Abduvaliev Hayitboy Abdug‘anievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholining hududiy tashkil etilishini landshaft omili asosida takomillashtirish (Farg‘ona vodiysi misolida)», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Gr95.
Ilmiy rahbar: Ahmadaliev Yusupjon Ismoilovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Tojieva Zulxumor Nazarovna, geografiya fanlari doktori, professor; Ibragimova Ra’no Alimbaevna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysida aholining hududiy joylashuvini tabiiy-landshaft omili asosida takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi zichligini aniqlashningan’anaviy usuliiqtisodiy rivojlanishning muayyan bosqichida«cheklovchi» tabiiy omillar ta’sirida aholini hududiy tashkil etish imkoni bo‘lmagan hududlarni hisobga olish hamda zichlikni tabiiy-landshaft birliklari doirasida aniqlashi imkonini beruvchi uslubiy yondashuv asosida takomillashtirilgan;
ilk bor Farg‘ona vodiysi hududi geomorfologik, iqlimiy, tuproq-meleorativ va gidrografik ko‘rsatkichlarning aholi joylashuviga ta’sir etuvchi (cheklovchi yoki chorlovchi) omillarini baholash asosida, turli tabiiy-demografik imkoniyatga ega bo‘lgan, 7 ta landshaftbalandlik mintaqasi mavjudligi asoslangan;
Farg‘ona vodiysidagi aholi zichligi ma’muriy birliklardan tashqarilandshaft balandlik mintaqasi bo‘yicha aniqlangan, bunda QFY va MFYda aholininglandshaft balandlik mintaqalari bo‘yicha joylashuvining umumlashtiruvchi kartasi yaratilgan;
vodiydagi landshaft balandlik mintaqalarining tabiiy-demografik imkoniyatini amaldagi aholi zichligiga taqqoslash orqali har bir ma’muriy tuman uchun aholini hududiy tashkil etilishini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy-landshaft omili asosida aholining hududiy joylashuvi xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
aholini hududiy joylashtirish imkoni bo‘lmagan hududlarni hisobga olish hamda zichlikni tabiiy-landshaft birliklari doirasida aniqlash imkonini beruvchi takomillashtirilgan uslubiy yondashuv Farg‘ona vodiysi viloyatlarida mavjud aholi zichligi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan er resurslari miqdorini aniqlashda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 30 sentyabrdagi 01/00-04/07-8288-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy-geografik birliklarning aholini hududiy joylashishi uchun sharoit mavjud bo‘lmagan hududlarini xisobdan chiqarib, aholi zichligi va demografik yuk miqdorini aniqlash imkonini bergan;
aholi joylashuviga ta’sir etuvchi (cheklovchi yoki chorlovchi) omillarini baholash asosida ajratilgan 7 ta landshaft balandlik mintaqalari O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasida qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanishni loyihalashda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasining 2020 yil 15 sentyabrdagi 03-05-7784-son ma’lumotnomasi) Natijada, har bir mintaqaning tabiiy-demografik imkoniyatidan unga mos holda unumli foydalanish, aholiga turli maqsadlarda er uchastkalari ajratishning geografik axborotlar bazasini yangilash imkonini bergan;
har bir landshaft balandlik mintaqasida joylashgan QFY va MFYlar aholi zichligini baholashning umumlashtirilgan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida vodiydagi har bir ma’muriy tuman landshaftlarda aholi zichligi va demografik yuk miqdorini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 30 sentyabrdagi 01/00-04/07-8288-son ma’lumotnomasi). Natijada, har bir ma’muriy tumanning aholi zichligi landshaft balandlik mintaqalari doirasida aniqlanib, demografik yukni hisoblash, kartasini ishlash imkonini bergan;
ma’muriy tumanlar bo‘yicha aniqlangan demografik yukning o‘ta yuqori yoki past uchastkalari bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida vodiy ma’muriy tumanlarida aholi hududiy tarkibini takomillashtirishning maqsadli dasturlarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 30 sentyabrdagi 01/00-04/07-8288-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ma’muriy tumanlarda aholi hududiy joylashishini takomillashtirishda demografik yuk ko‘rsatkichlari va landshaft imkoniyatini muvofiqlashtirish imkoniyati yaratilgan.