Esimbetov Adilbay Tlepovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston o‘simliklari ayrim alkaloidlari va flavonoidlarining vazorelaksant ta’sirini tavsiflash», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/B116.
Ilmiy maslahatchi: Usmanov Pulat Bekmuratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Kuchkarova Lyubov` Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Tulyaganov Rustam Tursunovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda o‘suvchi o‘simlik turlaridan ajratilgan ayrim diterpenoid va izoxinolin alkaloidlari, shuningdek, flavonoidlarining vazorelaksant ta’sir xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diterpenoid va izoxinolin alkaloidlarining vazorelaksant ta’siri Sa2+ ionlarining plazmalemmada joylashgan Sa2+L-, Sa2+R-kanallari orqali kirishi va SR IP3R orqali chiqishining susayishi bilan ta’minlanishi isbotlangan;
zeravshanizin alkaloidining vazorelaksant ta’siri endoteliyga bog‘liq xarakterga ega bo‘lib, u NO/sGC/cGMP/PKG signal yo‘lining faollashishi orqali amalga oshishi aniqlangan;
diterpenoid alkaloidlar (1-O-BN, zeravshanizin), izoxinolin alkaloidlari (F-37, kriptopin, protopin) ning vazorelaksant ta’sirini ta’minlashida SMH lari K+ATF-kanallari rolining muhimligi aniqlangan;
xrizin, norvogonin flavonoidlari endoteliyga bog‘liq vazorelaksant ta’sirga ega bo‘lib, SMH lari K+ATF-kanallari va NO/sGC/cGMP/PKG signal yo‘lining faollashishi asosida ta’minlanishi isbotlangan;
ayrim alkaloidlar va flavonoidlar aorta preparatlarining gipoksiya bilan kelib chiqadigan buzilishlaridan samarali himoya qilishi va ularning kuchli vazoprotektor ta’siriga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Diterpenoid alkaloidlar (zongorin, 1-O-BN, zeravshanizin), izoxinolin alkaloidlar (F-37, kriptopin, protopin), hamda xrizin va norvogonin flavonoidlarining vazorelaksant ta’sir mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
xrizin va norvogonin flavonoidlarining o‘ziga xos vazorelaksant ta’siridan «The International cooperation and exchange of the National Natural Science Foundation of Chine (No3111010398) and The Central Asian drug Discovery&Developments Centre of Chinese Academy of Sciences» loyihasida flavonoidlarning farmakologik xususiyatlarini kompleks tavsiflashda foydalanilgan (Xitoy Fanlar akademiyasi Sin`szyan fizika va kimyo texnika intituti Arid zonalar o‘simlik resurslari va kimyosi markaziy laboratoriyasi, 2020 yil 21 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, spazmolitik va gipotenziv vositalarning yangi avlodini yaratish uchun istiqbolli flavonoidlarni aniqlash imkonini bergan;
diterpenoid alkaloidlarning Ca2+ ionlari transportini modulyasiya qilish xossasidan TA-FA-F-6-002 raqamli «Ajratib chiqarishi nazorat qilinadigan biologik faol oqsil va polifenol biomateriallarni konstruksiyalash» loyihasida oqsil va polifenollarni nazoratli ajralish uslublarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 28 oktyabrdagi 4/1255-2324–son ma’lumotnomasi). Natijada, biologik faol oqsillar va polifenollarning nazorat ostida chiqarilishi uchun maqbul variantlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
diterpenoid va izoxinolin alkaloidlarning Ca2+-transport tizimiga spesifik ta’siridan FA-A12-T-121 raqamli «Fitopreparatlar ishlab chiqish va yaratish: antiaritmik ta’sirga ega bo‘lgan 1-O-benzolnappelin gidroxlorid va digidroatizin gidroxlorid» loyihasida antiaritmik dorilarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 28 oktyabrdagi 4/1255-2326-son ma’lumotnomasi). Natijada, nojo‘ya ta’siri kam bo‘lgan yangi antiaritmik vositalarni yaratish imkonini bergan.