Xaitbaev Sardor Kuronbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar exinokokkozini xirurgik davolashda taktik yondashuvlarni takomillashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib988.
Ilmiy raxbar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: operativ davolashga qiyosiy yondashuvni ishlab chiqish va davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish yo‘li bilan jigar exinokokkozining davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar exinokokkozining turli klinik shakllarida kasallikning og‘irligini belgilovchi asosiy klinik va instrumental mezonlar xamda xirurgik amaliyotning murakkabligini tashrixgacha baholash tizimi samaradorligi aniqlangan;
o‘tkaziladigan tashrixning murakkabligi, mutaxassisning amaliy malakasi va xirurgik faolligiga bog‘liq xolda, kasallikning turli klinik shakllarida jigar exinokokkektomiyasini bajaruvchi xirurg reytingini hisoblash uchun asosiy komponentlar aniqlangan;
tashrixning texnik jihatlarini maqbullashtirish hamda jigar parenximasi va kistaning fibroz qavatiga nisbatan minimal agressiyani inobatga olgan holda, jigar exinokokkektomiyasida qoldiq bo‘shliqqa intraoperatsion qayta ishlov berish usuli takomillashtirilgan;
jigardan exinokokkektomiya vaqtida natriy gipoxlorit elektrolizli suvli eritmasining fibroz qobiq qoldiq bo‘shlig‘idagi parazit xomila elementlariga mahalliy intraoperatsion antiparazitar ta’sirining morfologik jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar exinokokkozini xirurgik davolashni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Jigar exinokokkozini tashxislash va davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 8n-z/173-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar jigar exinokokkozini xirurgik davolashga bo‘lgan taktik va texnik yondashuvlar sifatini yaxshilash va tashrixdan keyingi asoratlar rivojlanishi, o‘lim va kasallik qaytalanishini oldini olish imkonini bergan;
«Jigar exinokokkozida tashrix amaliyotlarini bajarish bo‘yicha xirurg reytingini baholash» «SD.exe» integral dasturi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 8n-z/173-son ma’lumotnomasi). Kasallikning turli klinik shakllarida jigar exinokokkektomiyasini bajarishga bo‘lgan reytingli yondashuv va xirurg reytingini baxolashning taklif etilgan tizimi, tashrix amaliyotining murakkabligiga qarab, xirurgik jamoani tanlashga qiyosiy jihatdan yondashish imkonini bergan hamda tashrixdan keyingi asoratlar sonini kamayishiga olib kelgan;
Jigar exinokokkozini xirurgik davolash sifatini yaxshilash va kasallik qaytalanishini oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlash faoliyatiga, xususan, Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali klinikasining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 8n-z/173-son ma’lumotnomasi). Perioperatsion davolash-profilaktik chora-tadbirlarning taklif etilgan majmui jigar exinokokkozi bilan kasallangan bemorlarda spesifik asoratlarni 2,9% dan 0,9% gacha, umumiy asoratlarni 18,9% dan 10,3% gacha va o‘lim ko‘rsatkichini 1,2% dan 0% gacha kamaytirish imkonini bergan.