Xaydarova Nasiba Adxamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “V.G. Yan ijodi konseptosferasining dinamikasi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil461.
Ilmiy rahbar: Kaminskaya Elena Mixaylovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Kasimov Abugapir Abdikarimovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Esanov O‘ktam Djabbarovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: V.Yan ijodidagi badiiy dominantlar haqida yaxlit tasavvur berish, “Chingizxon”, “Botu”, “So‘nggi dengiz tomon” tarixiy trilogiya-romanlari matnining kognitiv imkoniyatlari asosida yozuvchi konseptosferasining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“makon” kategoriyasi va uning poetikasidan diskurs orqali “makon” makrokonseptiga” formulasidagi yozuvchi individual-mualliflik uslubining dominant qirrasi sifatida badiiy matn komponentlari aniqlangan;
ijodkor poetikasining yaxlit tavsifi olamning milliy lingvistik manzarasi hamda uning in’ikosi bo‘lgan badiiy manzaralari sintezi V.G.Yan nasri misolida yoritilgan;
tarixiy trilogiya poetikasini talqin qilishda, badiiy motiv va badiiy konseptning voqelanishi sifatidagi munosabatiga asoslanuvchi “motiv-konsept” yangi prinsipi ochib berilgan;
V.G.Yan ijodiy tafakkurining reprezentativ o‘ziga xosligini aks ettiruvchi ijodiy ong modeli – “muallif-tarjimon”, “muallif-madaniyatlar tarjimoni” tiplari va uning tarixiy nasri O‘zbekistonning rusiyzabon adabiyotining tarkibiy qismi sifatida belgilanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tavsiflash va tasniflash orqali badiiy individual-muallif konseptlarini, muallif nasrining o‘ziga xos xususiyatlari va V.G.Yan nasrining konseptosferasi dinamikasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
V.G.Yanning asarlarida konseptosfera dinamikasi xususiyatlarini o‘rganish jarayoni bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan A1-KX-1-60888 raqamli “Tinglovchilarda o‘zini namoyon qilish va o‘zini anglash qobiliyatlarini shaxsning asosiy xususiyatlari sifatida shakllantirish – davr talabi” (2012-2014 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 martdagi 89-03-1009-son ma’lumotnomasi). Natijada V.G.Yanning ijodini zamonaviy fanlararo filologik sohalar kontekstida ko‘rib chiqish va gavdalantirish bo‘yicha yangi qarashni shakllantirishda mustahkam poydevor yaratishga imkon yaratilgan;
“makon” makrokonseptini tahlil qilish bilan bog‘liq nazariy – ilmiy xulosalardan A-1-126 raqamli “Uzluksiz ta’lim jarayonida o‘quvchilarning til kompetentligini shakllantirishning zamonaviy usullari” mavzusidagi amaliy loyihasida (2015-2017 yy.) foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 martdagi 89-03-1009-son ma’lumotnomasi). Natijada makon toifasining turli xil diskurslar bilan o‘zaro ta’siri va ularning matn dinamikasiga ta’siri aspektida o‘rganish algoritmini ishlab chiqish uchun nazariy asos yuzaga kelgan va bu adabiyotshunoslikda kognitiv tadqiqotlarning kategorial apparati haqidagi ilmiy-nazariy bilimlarni boyitgan;
muammolarni aniqlash, tavsiflash va tizimlashtirish bo‘yicha izlanishlarni aks ettiruvchi, xususan, “olamning milliy manzarasi”, “dunyo modeli”, “diskurs”, “makon”, “sarlavhalar va epigraflar poetikasi”, “konsept”, “konseptosfera” borasidagi ilmiy xulosalar va materiallar 5120100 “Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)” bakalavriat yo‘nalishi uchun “O‘zbekistonning rusiyzabon adabiyoti” fani namunaviy dasturi tarkibiga va mazmuniga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 martdagi 89-03-1009-sonli ma’lumotnomasi). Natijada universitetning o‘quv jarayoniga joriy qilingan tadqiqot xulosalari ta’lim bosqichlari darajalari o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlagan, shuningdek, adabiyotshunoslik sohasida shu sohada ilmiy izlanish olib borish uchun zamin yaratilgan;
yozuvchi ijodini kontekstual o‘rganishdan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan “Puteshestvie-stranstvie kak osnova tvorchestva V.G.Yana. Metodicheskiy aspekt” dokladi materiallaridan O‘zbekiston rus madaniy markazi va O‘zbekiston RMM huzuridagi rus tili va adabiyoti markazi tomonidan tashkil etilgan “Rus tili va adabiyotini o‘qitishda yangi texnologiyalar” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarlar dasturini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston rus madaniyat markazining 08.01.2020 yildagi 0208-son ma’lumotnomasi). Natijada, V.G.Yan ijodining yangi o‘qilishi uchun eng istiqbolli kontekstlarni aniqlash va belgilash imkoni yuzaga kelgan;
“makon” makrokonseptining, jumladan, “darvesh” tushunchasining individual-muallif adabiy konsepsiyalarining matn dinamikasida aks ettirilishi, voqelanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Andijon teleradiokompaniyasining “Munosabat”, “Nigoh” teledasturlari va “Interv`yu” radio efirining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2018 yil 26 noyabrdagi 20-24-396-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan.