Satimova Dilafruz Numonjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek yoshlar slengi qiyosiy tahlili»,10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1235.
Ilmiy rahbar: Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Madaminovna filologiya fanlari doktori, dotsent; Xamraeva Xulkar Xamidullaevna filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: ingliz va o‘zbek tillarida yoshlar slengining struktural-semantik, funksional-pragmatik xususiyatlarini, boshqa yondosh hodisalarga nisbatan umumiy va xususiy jihatlarini, genezisi va turli diskurslarda gavdalanish jihatlarini va etimologiyasini aniqlashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida yoshlar slengini tavsiflovchi va ta’riflovchi konsepsiya, uni aniqlashning pragmasemantik va struktural mezonlari ishlab chiqilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida yoshlar slengi hamda sotsiolektning jargon, argo, kent singari boshqa ko‘rinishlari, shuningdek neologizm, vul`garizm, quyi kollokvializm, dialektizm o‘rtasidagi kommunikativ, kognitiv, nominativ, emotsional farqlar ochib berilgan;
ijtimoiy so‘rovnoma orqali, kuzatish va tavsif yo‘li bilan ingliz va o‘zbek tillarida yoshlar slengining nutqning tejamkorligi va zamonaviyligini ta’minlovchi struktural-semantik xususiyatlari, emotsionalligi va ijtimoiy xoslanganligini ta’minlovchi funksional-pragmatik jihatlari aniqlangan;  
qiyoslanayotgan tillar kesimida yoshlar slengi o‘rtasidagi nutqda hosil bo‘lishiga hamda qo‘llanishiga ko‘ra faollik darajasi, ularning kelib chiqish ijtimoiy, lisoniy manbalari aniqlangan va tavsiflangan, slenglar hosil bo‘lishining affiksatsiya, abbrevatsiya, metaforizatsiya, neologizm, qofiyali sleng, teskari sleng, o‘zlashtirish, kesish, kal`kalash, fonetik mimikriya, teleskopiya kabi ko‘rinishlari tadqiq etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek yoshlari slengining qiyosiy tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
yoshlar nutqida kuzatilayotgan o‘ziga xosliklar – slenglarni qiyoslab tavsiflashda, muloqot jarayoniga ijtimoiy, madaniy, milliy omillar ta’sirini o‘rganishda, slengning sotsiolektning boshqa ko‘rinishlari bilan farqlari, slengning qo‘llanish doirasiga ko‘ra turlari, yoshlar slengining struktur ko‘rinishlari hamda hosil bo‘lish asoslarini aniqlash, yoshlar nutqida qo‘llanuvchi slenglar etimologiyasi borasidagi ilmiy xulosalardan OT-F1-18 raqamli “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89-03-4227-son ma’lumotnomasi). Natijada tilda yangi paydo bo‘layotgan unsurlarning ilmiy talqini va amaliy tahlili yangi bosqichga ko‘tarilgan;
sleng yuzaga kelishining psixolingvistik jihatlarini o‘rganishda, yoshlarning fikrlash tarzi hamda tilga ongli ravishda pragmatik yondashuvidagi unikal jihatlarini aniqlashga oid xulosalardan PZ-20170926286 raqamli “O‘zbek sud amaliy lingvistikasi tadqiqi” (2018-2020)  nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89-03-4227-son ma’lumotnomasi). Natijada tilning iste’mol doirasi chegaralangan unsurlaridan foydalanishning psixolingvistik omillari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek yoshlar slengi tadqiqiga bag‘ishlangan tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan Andijon viloyat  teleradiokompaniyasining Andijon axboroti «News» informatsion dasturi hamda «Onlayn dars», «Yoshlar vaqti» ko‘rsatuvlarida ssenariysida foydalanilgan (Andijon viloyati  teleradiokompaniyasining 2020 yil 27 iyuldagi 20-24/320-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni boyigan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish