Ismailov Erkinbek Lesbekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir jigar etishmovchiligida ekstrakorporal organlarni kompleks almashtirishning klinik va patogenetik jihatlari», 14.00.32 – Transplantologiya va sun’iy a’zolar, 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Tib471.
Ilmiy maslaxatchi: Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi; S.D.Asfendiyarov nomidagi qozoq milliy tibbiet universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Sultanaliev Tokan Anarbekovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Satvaldieva El`mira Samatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.A.Topchubashev nomidagi xirurgiya ilmiy markazi (Ozarbayjon Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigar funksiyasini kompleks protezlashga nisbatan uslubiy yondashuvlarni takomillashtirish orqali kelib chiqishi turlicha bo‘lgan o‘tkir jigar etishmovchiligini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir dekompensatsiyalangan jigar etishmovchiligining klinik va biokimyoviy parallellari gepatotsitlarning funksional depressiyasi darajasini tekshirish bilan detoksifikatsiya, sitoliz sindromlari, xolestaz va mezenximal-yallig‘lanish reaksiyasining o‘ziga xos markerlarining patologik o‘zgarishlarini hisobga olgan holda aniqlangan;
detoksifikatsiya funksiyasining tizimli kompleks protezlash hisobiga jigarni faol almashinuvdan vaqtincha uzilib qolishi, o‘tkir gepatotsellyulyar etishmovchilikka xos bo‘lgan gemostaz tizimida o‘ziga xos buzilishlarga yaqqol tuzatuvchi ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
turli etiologiyali o‘tkir dekompensatsiyalangan jigar etishmovchiligining rivojlanishi T- va V-limfotsitlar populyasiyasi tarkibining o‘ziga xos pasayishi va immun tizimining supressiyasi bilan bir necha funksional a’zolarning endogen intoksikatsiyasi sharoitida ikkilamchi immunitet tanqisligi shakllanishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
bir necha funksional a’zolar etishmovchiligi holatida gepatotsitlar funksiyasini kompleks protezlash jigar va miya to‘qimalariga antigenbog‘lovchi limfotsitlarning patologik hosilalarining regressiyasi bilan tavsiflanadi, va shunga mos ravishda ularning ushbu tuzilmalardagi destruksiya va nekroz jarayonlariga ta’sirini kamaytirishi aniqlangan;
jigarning o‘tkir funksional dekompensatsiyasida bir necha funksional a’zolar disfunksiyasi namoyon bo‘lishining patogenetik xususiyatlari kompleks jadal muolajaning turli variantlari sharoitida holatning og‘irlik darajasini va kasallik prognozini maxsus ko‘p parametrli tekshirish tizimlari ko‘rsatkichlarini dinamik baholash bilan aniqlangan; 
gepatotsitlar distrofiyasining turli variantlari, nekroz va fibroz og‘irligining gistologik ko‘rsatkichi o‘tkir jigar etishmovchiligining tipiga qarab namoyon bo‘lish darajasiga jigar funksiyasini kompleks protezlash ta’sirining patomorfologik xususiyatlari aniqlangan;
gepatorenal sindromning yondosh alomatlarisiz jigar etishmovchiligida ekstrakorporal detoksifikatsiya qilish uchun al`buminning 2% konsentratsiyasiga asoslangan dializlovchi eritmaning perfuziyasini qo‘llagan holda gemodiafil`tratsiya usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘tkir jigar etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga ko‘rsatilaetgan yuqori texnologik yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra:
“Jigar funksiyasini kompleks ekstrakorporal protezlash va o‘tkir jigar etishmovchiligida intensiv davolash” uslubiy tavsiyalari ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 8n-z/180-sonli ma’lumotnomasi). Gepatotsellyulyar disfunksiya turini va o‘lim xavfini prognostik baholash bilan asosiy patologik jarayonning og‘ir kechish darajasini hisobga olishga asoslanib ishlab chiqilgan jadal muolaja algoritmi davolash va diagnostika taktikasini maqbullashtirish va o‘lim darajasini pasaytirishga imkon berdi; 
o‘tkir jigar etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazida, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida, 7-sonli Olma-ota shahri klinik kasalxonasida (Qozog‘iston Respublikasi) joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 8n-z/180-sonli ma’lumotnomasi). O‘tkir dekompensatsiyalangan jigar etishmovchiligida ekstrakorporal detoksifikatsiyaga kompleks yondashuvni qo‘llash bir necha funksional a’zolar faoliyati disfunksiyasining regress ko‘rsatkichini 51,2% dan 74,6% gacha oshirishga imkon berdi, o‘lim ko‘rsatkichini 47,8% dan 25,4% gacha kamaytirishga, shu bilan birga 30 sutkagacha bo‘lgan muddatda tirik qolganlarning jami ulushi asorat turiga qarab ALF da 69% dan 88,4% gacha va ACLF da 23,5 dan 53,6% gacha ko‘tarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish