Madazimov Komil Madaminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh chanog‘i sohasida kuygandan keyingi chandiqli deformatsiyalar va defektlari bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolashni optimizatsiyalashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib581.
Ilmiy raxbar: Kayumxodjaev Abdurashit Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayazov Abdulaziz Djalilovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «A.V. Vishnevskiy nomidagi xirurgiya milliy tibbiy tekshirish markazi» Federal davlat byudjet tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: plastikaning yangi usullarini ishlab chiqish yo‘li bilan bosh chanog‘ining kuygandan keyingi chandiqli deformatsiyalari va defektlarini xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosh chanog‘i yumshoq to‘qimalarining kuygandan keyingi chandiqli deformatsiyalari va defektlarini tiklovchi korreksiyasi uchun tashrix soxasida bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha plastik material olish imkonyati bilan tavsiflanuvchi intraoperatsion ballonli dermotenziya usuli ishlab chiqilgan;
morfologik tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, bosh chanog‘i terisini intraoperatsion cho‘zish, angioarxitektonikaning o‘zgarishini, qon tomirlar shikastlanishini va dermaga qon quyilishini, xamda derma tolali karkasining to‘rli-sezgi strukturasi butunligi buzilishlarini keltirib chiqarmasligi aniqlangan; 
teri orqali tcpO2 ko‘rsatkichini monitoring qilish, yumshoq to‘qimani intraoperatsion cho‘zish fonida, teri laxtagida qon bilan ta’minlanishning tiklanish darajasini, xamda tashrixdan keyingi davrdagi mikrotsirkulyasiya xolatini aniqlash imkonini bergan;
to‘liq qavatli teri autotransplantatini qo‘llash bilan mujassamlashgan plastikadan foydalanish, transplantantning keyingi bujmayishisiz va asosiy xususiyatlarini yo‘qotmagani xolda (elastiklik, taranglik, sezuvchanlik), jaroxat donorlik qismining to‘liq qavatli teri bilan to‘liq yopish imkoni bilan ta’minlay olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bosh chanog‘ining kuygandan keyingi chandiqli deformatsiyalari va defektlari bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolashni yaxshilash bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida: 
«Bosh chanog‘i to‘qimalarini intraoperatsion ballonli cho‘zish usuli» ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 27 fevraldagi IAP 05548-sonli ixtiro uchun patenti). Taklif etilgan usul bosh chanog‘ining kuygandan keyingi chandiqli deformatsiyalari va defektlari bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolashning bevosita va uzoq muddatdagi natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
«Bosh chanoq soxasi kuyishi oqibatlari bo‘lgan bemorlar reabilitatsiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi №8n-z/167-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar bosh chanog‘ining kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyalari va defektlarida rekonstruktiv-tiklovchi amaliyot usulini tanlashni maqbullashtirish imkonini bergan;
Bosh chanog‘ining kuygandan keyingi chandiqli deformatsiyalari va defektlari bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimining amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali va Andijon shahridagi «Medical Pro» xususiy tibbiyot markazining davolash-maslaxat faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi №8n-z/167-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan va mukammallashtirilgan usullardan foydalangan xolda bosh chanog‘ining kuygandan keyingi chandiqli deformatsiyalari va defektlarini davolashda taklif etilgan davolash taktikasini qo‘llash, qoniqarsiz natijalar ko‘rsatkichini 12,6% ga qisqartirish va mujassamlashgan plastikaning uzoq muddatdagi natijalarini 6,1% ga yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish